Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqlarni, soliqlar boʻyicha



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

482-modda. Soliqlarni, soliqlar boʻyicha 
boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foizsiz toʻlashni 
kechiktirishning yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni qoʻllashning 
va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini 
bajarishning vaqtinchalik tartibi 
(1-q.)
Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari boʻyicha foizsiz kechiktirish yoki 
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi: 
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6, 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar 
boʻyicha - mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi 
xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa. Koʻrsatilgan soliqlarga nisbatan 
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati 2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan 
asosda, olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin; 
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 - 9-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va 
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha - oʻz faoliyatini toʻxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) 
realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020-yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilishdan olingan daromadi oʻrtacha oylik koʻrsatkichga nisbatan 50 foizdan 
koʻproqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. 
Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda 2020-yil 31-
dekabrga qadar kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilib, kechiktirish (boʻlib-boʻlib 
toʻlash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik toʻlanadi. 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-
714-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
(2-q.)
Ushbu Kodeksning 11-bobida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish 
yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish 
yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga 
nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(3-q.)
Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish va 
boʻlib-boʻlib toʻlashning: 
1) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan imkoniyati - soliq 
toʻlovchining arizasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni 
qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining xulosalari 
asosida, boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi; 
2) ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan imkoniyati - 
mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ular soliq organlariga 
quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qoʻllaniladi: 
soliq solish obyekti joylashgan joy boʻyicha - mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllash 
toʻgʻrisidagi bildirishni ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida, 432-moddasining 
birinchi qismida va 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliqni, soliq boʻyicha boʻnak 
toʻlovini toʻlash muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa mol-
mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllash toʻgʻrisidagi 
bildirishni;
soliqqa doir hisobga olish joyi boʻyicha - aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 
boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllash toʻgʻrisidagi bildirishni soliq hisobotini 
taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda. 


(4-q.)
Soliq toʻlovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida 
koʻrsatilgan soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirishni 
(boʻlib-boʻlib toʻlashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qoʻllanilganligiga soliqlarni, 
soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda 
bunday soliq toʻlovchilarni aniqlagan soliq organlari toʻlanmagan soliqlarning, soliqlar boʻyicha 
boʻnak toʻlovlarining summasiga ushbu Kodeksning 110-moddasida belgilangan tartibda penya 
hisoblaydi. 
(5-q.)
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan, kechiktirish 
(boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar boʻyicha boʻnak 
toʻlovlarining summalarini toʻlash amalga oshiriladi: 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
1) ijtimoiy soliq boʻyicha - olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-
moddasining beshinchi qismida va 408-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash 
muddatlaridan kechiktirmay; 
2) quyidagilar boʻyicha oʻn ikki oy davomida teng ulushlarda: 
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha - ushbu Kodeks 417-
moddasining oltinchi qismida belgilangan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan 
kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning oʻn beshinchi kunidan 
kechiktirmay; 
yuridik shaxslarning yer soligʻi boʻyicha - ushbu Kodeksning 432-moddasi birinchi qismida 
belgilangan soliqni toʻlash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa - har 
oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay; 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha - ushbu Kodeks 448-moddasining 
uchinchi qismida belgilangan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan kechiktirmay; 
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha - har oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay. 
(6-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq mol-mulk va yer soligʻining 2020-yil 31-
dekabrdagi holatiga koʻra kechiktirilgan hamda toʻlanmagan summalarini toʻlash 2022-yil 1-
yanvardan eʼtiboran amalga oshiriladi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu modda 
birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq kechiktirilgan soliq summasi keyinchalik 
toʻlanadigan, biroq ikki yildan koʻp boʻlmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli. 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq oltinchi-toʻqqizinchi qismlari 
yettinchi-oʻninchi qismlar deb hisoblansin 
(7-q.)
Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirishyoki 
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan davrda soliq toʻlovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan 
(boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan) toʻlov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda budjet tizimiga toʻlanadi. 
(8-q.)
2020-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy 
shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash 2020-yil 15-oktyabrga qadar amalga oshiriladi.
(9-q.)
2020-yilda foyda soligʻining soliq toʻlovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining 
yigirmanchi kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda soligʻi boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlari 
summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga 
moʻljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda soligʻini oʻtgan chorak natijalari asosida 
hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda 
soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq 
organlari har oylik boʻnak toʻlovlari summasini qayta koʻrib chiqishga haqli. 


(10-q.)
Ushbu Kodeksning 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha soliq 
toʻlovchilar 2019-yil uchun jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani doimiy yashash 
joyidagi soliq organiga 2020-yil 1-avgustga qadar taqdim etadi. 2019-yil uchun jami yillik 
daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlariga koʻra jismoniy shaxslardan olinadigan 
hisoblab chiqarilgan daromad soligʻini toʻlash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan 
kechiktirmay amalga oshiriladi. 
(11-q.)
Umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda soligʻi, suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 2021-yil 15-avgust holatiga koʻra yuzaga 
kelgan qarzdorlikni, shuningdek barcha soliqlar va yigʻimlar boʻyicha jarimalar hamda penyalarni 
2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar boʻlgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza 
yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni toʻlamasdan, teng ulushlarda 
kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan qism) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish