X A B A R N O M A Soliq kodeksining 340-moddasida jami daromad summasi besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini (keyin o‘rinlarda – bo‘nak to‘lovi) har oyning 23 kunidan kechiktirmay to‘lashlari belgilangan.
Joriy soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi o‘tgan soliq davrining oxirgi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovi summasiga teng etib qabul qilinadi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 340-moddasiga asosan soliq organlariga soliq to‘lovchilar tomonidan kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilgan taqdirda, taqdim etiladigan bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga o‘zgartirishlar kiritish vakolati taqdim etilgan.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘nak to‘lov summasini hisoblash soliq organlari tomonidan amalga oshirilishi bilan birga soliq to‘lovchilarga hisobot choragi birinchi oyining 10 - sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqi berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan 2022-yil I chorak uchun Foyda solig‘i bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarni hisoblash uchun ma’lumotnomani taqdim etishingiz so‘raladi.
Aks holda, Siz tomoningizdan 2022-yil I chorak uchun Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma belgilangan muddatda taqdim qilinmagan taqdirda, I chorak uchun shaxsiy kartochkangizga to‘lov muddati har oyning 23 - sanasi belgilangan holda yanvar - mart oylariga belgilangan tartibda bo‘nak to‘lovi kiritilishini ma’lum qilamiz.
Hurmatli soliq to‘lovchi, majburiyatingizni muddatida ixtiyoriy bajarishingiz, qo‘shimcha penya hisoblanishi va ortiqcha xarajatlaringizning oldini oladi. ESLATMA: Soliq qonunchiligi normalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzasidan: Davlat soliq qo‘mitasi Call-markazining 1198 yoki Toshkent viloyat davlat soliq boshqarmasining mas’ul xodimlarining (E.Adxamova 99-844-16-01, Sh.Qosimov 90-909-96-30, D.Djurabekov 97–744–08-01) telefon raqamlariga murojaat qilish orqali ma’lumot olishingiz mumkin. Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori!