Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

65-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani 
oʻzgartirish va uning amal qilish muddatini 
uzaytirish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnoma ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda oʻzgartirilishi mumkin. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnoma taraflari quyidagi hollarda mazkur shartnomaga oʻzgartishlar kiritishi shart: 
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan bir yoki bir 
nechta yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda; 
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan bir yoki bir 
nechta yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, ajratib 
chiqarish yoki boʻlish shaklida) qaror qabul qilinganda; 
3) bir yoki bir nechta yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga 
qoʻshib olinganda; 
4) yuridik shaxs mazkur Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob 
bermay qolgan hollarda, ushbu yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhidan chiqib ketganda; 
5) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi qayta tashkil 
etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar, agar ular ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda 
tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsa, shu konsolidatsiyalashgan guruh tarkibiga kiritilishi shart. 


(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim shunday guruhning barcha ishtirokchilari tomonidan 
yangidan qoʻshib olinayotgan ishtirokchilarni qoʻshib hisoblaganda va guruhdan chiqayotgan 
ishtirokchilarni istisno etgan holda qabul qilinadi. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq organiga quyidagi 
muddatlarda taqdim etiladi: 
1) mazkur shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda 
- soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning 
amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin; 
2) boshqa hollarda - soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish uchun holatlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran bir oy ichida. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning masʼul 
ishtirokchisi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
1) shartnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi bildirish xati; 
2) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining vakolatli shaxslari 
tomonidan shartnomani oʻzgartirish, shu jumladan uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi 
imzolangan bitimning ikkita nusxasi; 
3) shartnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan shaxslarning 
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar; 
4) shartnomaga kiritilgan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksning 62-
moddasida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 
5) shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorning ikkita nusxasi. 
(7-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni ushbu moddaning oltinchi qismida 
koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida roʻyxatdan oʻtkazishi va 
mazkur guruh masʼul ishtirokchisining vakolatli vakiliga oʻzgartishlarning bir nusxasini, u 
roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgini qoʻygan holda, berishi shart. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar 
asos boʻladi: 
1) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarning soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining hech boʻlmaganda bitta ishtirokchisiga nisbatan 
bajarilmaganligi; 
2) hujjatlarning bunga vakolati boʻlmagan shaxslar tomonidan imzolanganligi; 
3) mazkur shartnomani oʻzgartirish uchun hujjatlar taqdim etish muddatining buzilganligi; 
4) ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganligi (toʻliq 
hajmda taqdim etilmaganligi). 
(9-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim quyidagi tartibda kuchga kiradi: 
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaga bunday guruhga yangi yuridik shaxslar qoʻshib olinishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar 
(bundan guruh ishtirokchilari qayta tashkil etilgan hollar mustasno) shartnomaga tegishli 
oʻzgartishlar soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan yildan keyingi kalendar yilning kamida 
birinchi kunidan keyin kuchga kiradi; 


2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaga bunday guruh tarkibidan ishtirokchilar chiqib ketishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar 
shartnomaga tegishli oʻzgartishlar kiritish uchun holatlar yuzaga kelgan yildan (agar ushbu 
qismning 3-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa) keyingi kalendar yilning birinchi 
kunidan kuchga kiradi; 
3) boshqa hollarda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartishlar uning taraflari koʻrsatgan sanadan eʼtiboran, lekin tegishli 
oʻzgartishlar soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin keladigan sanada kuchga 
kiradi. 
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlash shartnomaga tegishli majburiy 
oʻzgartishlar kuchga kirishi kerak boʻlgan kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran 
shartnomaning amal qilishi tugatilishiga sabab boʻladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish