Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan,
quyidagi shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot
deb eʼtirof etiladi, agar:
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
daromad olish maqsadiga ega boʻlmasa;
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamasa.
59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatn
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi sohalarda faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar
ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi:
1) tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar
(bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno). Tibbiy xizmatlar jumlasiga, ushbu bandni qoʻllash
maqsadida, quyidagilar kiradi, xususan, tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari
koʻrsatish:
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
a) tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash xizmatlari;
b) stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini oʻrnatish xizmatlari;
2) taʼlimga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish;
3) ilm-fan sohasidagi vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ilmiy va (yoki)
ilmiy-texnikaviy faoliyat subyektlari tomonidan fan sohasida amalga oshiriladigan faoliyat (shu
jumladan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, muallif tomonidan ilmiy-intellektual mulkdan foydalanish,
jumladan uni realizatsiya qilish);
4) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlar. Bunday xizmatlarga, xususan, quyidagilar
kiradi:
a) sport inshootlarida, maktablarda, sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi klublarda jismoniy
tarbiya va sport mashgʻulotlarini sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda jamoalarida
oʻtkazish xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari;
b) sport musobaqalari yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini oʻtkazish xizmatlari,
shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sport inshootlarini
ijaraga berish;
v) sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, anjomlarni, sport kiyim-boshlarini berib
turish boʻyicha xizmatlar;
5) bolalarni, keksalarni va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda
ularning ijtimoiy taʼminoti sohasidagi xizmatlar.
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ularning tegishli faoliyat
turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda
jami yillik daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi sharti bilan, ijtimoiy sohada faoliyatni
amalga oshiruvchi shaxslar deb eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir
faoliyatdan daromadlar oluvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: