O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

261-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari 
bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini 
aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari 
 
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilgan taqdirda, ijaraga beruvchining 
(lizing beruvchining) soliq bazasi barcha davriy ijara (lizing) to’lovlari summalari 
(shu jumladan, agar shartnomada bunday summa nazarda tutilgan bo’lsa, 
to’lanadigan summa) asosida, ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foiz 
hisobidagi daromadi chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda 
aniqlanadi. 
Ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara (lizing) 
shartnomasining shartlari bajarilmaganligi sababli moliyaviy ijara (lizing) ob’ekti 
qaytarilgan taqdirda, soliq bazasi ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) tomonidan ob’ekt 
qaytarilgan sanada bunday ob’ekt uchun o’zi to’lamagan ijara (lizing) to’lovlarining 
summasi miqdorida foiz hisobidagi xarajat chegirib tashlangan va soliq hisobga 
olinmagan holda aniqlanadi. 
262-modda. Vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi 
shartnomalari bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilganda 
soliq bazasini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari 
Komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirig’iga ko’ra komitentga 
(ishonch bildiruvchiga) tegishli bo’lgan tovarlar realizatsiya qilingan taqdirda, 
vositachilik (topshiriq) shartnomasining shartlariga muvofiq bo’lgan shartlar 
asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim 
bo’yicha komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan bunday uchinchi shaxsga 
xizmatlar ko’rsatilganda soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi: 


255 
1) vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi – uning soliqni o’z ichiga 
oladigan vositachilik haqi miqdorida; 
2) komitentning (ishonch bildiruvchining) soliq bazasi – komitentning (ishonch 
bildiruvchining) topshirig’iga ko’ra vositachi (ishonchli vakil) tomonidan 
realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, shuningdek soliqni kiritmagan holda 
vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo’yicha 
komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan bunday uchinchi shaxsga ko’rsatilgan 
xizmatlarning qiymati miqdorida aniqlanadi. 
Soliq solishdan ozod qilish soliq solishdan ozod qilinadigan tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan vositachilik (topshiriq), 
transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida xizmatlar ko’rsatishga nisbatan tatbiq 
etilmaydi. 
Vositachilik shartnomasi shartlariga muvofiq bo’lgan shartlar asosida komitent 
(ishonch bildiruvchi) uchun uning topshirig’iga ko’ra olingan tovarlar vositachi 
(ishonchli vakil) tomonidan komitentga (ishonch bildiruvchiga) berilgan taqdirda, 
uchinchi shaxs tomonidan vositachi (ishonchli vakil) bilan tuzilgan bitim bo’yicha 
bunday uchinchi shaxs tomonidan komitent (ishonch bildiruvchi) uchun xizmatlar 
ko’rsatilganda, vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi uning soliqni o’z 
ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi. 
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida belgilangan, transport ekspeditsiyasi 
shartnomasi bo’yicha mijoz bo’lgan taraf uchun tashuvchi va (yoki) boshqa etkazib 
beruvchilar tomonidan xizmatlar ko’rsatilgan taqdirda, ekspeditorning soliq bazasi 
transport ekspeditsiyasi shartnomasida nazarda tutilgan, uning soliqni o’z ichiga 
oladigan haqi miqdorida aniqlanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish