O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

260-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi 
 
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq bazasi 
ushbu Kodeks 179-moddasining talablarini hisobga olgan holda, aktsiz solig’ini 
(aktsiz to’lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) unga soliqni kiritmagan holda 
inobatga olinib, bitim taraflari tomonidan qo’llanilgan narxdan (tarifdan) kelib 
chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida 
aniqlanadi. 
Xaridorlarga realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani amalga oshirish sanasida 
siylovlar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to’lovchi soliq bazasini bunday 
siylovlar (tijorat bonuslarini) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib 
chiqqan holda aniqlaydi. 


253 
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq 
aniqlanadigan bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi: 
1) tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash; 
2) agar ushbu Kodeks 251-moddasi birinchi qismining 2-bandida yoki ikkinchi 
qismining 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, tovarlarni 
(xizmatlarni) bepul berishda (ko’rsatishda); 
3) yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeks 251-moddasi to’rtinchi 
qismining 6-bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda; 
4) ushbu Kodeks 251-moddasi to’rtinchi qismining 8-bandiga muvofiq tovar 
yo’qolganda. 
Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki 
yuqori bo’lsa, soliq organlari bitimning summasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq 
to’lovchi bunday qaror yuzasidan bitimning summasi soliq to’lashdan bo’yin tovlash 
maqsadlarida aniqlanmaganligining asoslarini taqdim etish yo’li bilan nizolashishga 
haqli. 
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni 
realizatsiya qilish chog’ida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) 
chog’ida byudjetga haqiqatda to’langan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past 
bo’lishi mumkin emas. Bunda soliqdan ozod qilingan tovarlarni olib kirish (import 
qilish) chog’ida soliq bazasi bojxona deklaratsiyasida ko’rsatilgan bojxona 
qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallardan tovarlar ishlab chiqarish 
bo’yicha xizmatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ularni qayta ishlashga 
doir xizmatlarning qiymati asosida unga soliqni kiritmagan holda, aktsiz 
to’lanadigan tovarlar bo’yicha esa ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati 
asosida, ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan aktsiz solig’i hisobga 
olingan holda aniqlanadi. 
Qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-
qidiruv va ilmiy ishlar bo’yicha, shuningdek ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda 
qurishda soliq bazasi shartnomaviy narxlardan kelib chiqqan holda, hisob-kitob 
hujjatlari haq to’lash uchun taqdim etilgan, bajarilgan va buyurtmachi tomonidan 
tasdiqlangan ishlarning soliq kiritilmagan qiymati sifatida aniqlanadi. Agar 
shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati 
buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi 
buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda 
tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati soliq bazasiga 
kiritilmagan holdagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Xodimga ish haqi bo’yicha qarzni qoplash hisobiga yoki ishtirokchiga 
dividendlar to’lovlari bo’yicha qarzni qoplash hisobiga tovarlar topshirilgan 
(xizmatlar ko’rsatilgan) taqdirda, shuningdek ushbu Kodeks 251-moddasi to’rtinchi 
qismining 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) 
ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan 
holda, soliqni hisobga olgan holda aniqlanadi. 


254 
Tovarlarni (xizmatlarni) olishga bo’lgan huquqni beruvchi vaucherni 
realizatsiya qilish chog’ida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq 
bazasi bo’ladi. 
Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan avtomobillar va ko’chmas uy-
joy mol-mulk ob’ektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini 
o’z ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati o’rtasidagi ijobiy 
farq sifatida aniqlanadi. 
Ushbu bo’limga muvofiq realizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq 
solinmaydigan aylanmalar bo’lgan chiptalar, abonementlar, yo’llanmalar (joysiz 
davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlarni olish huquqini beruvchi boshqa 
hujjatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini o’z ichiga 
oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish narxi o’rtasidagi ijobiy farq 
sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasini aniqlashning boshqa shartlar va holatlarni hisobga oladigan 
o’ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 261–268-moddalarida belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish