O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-bob. Shaharsozlik hujjatlari. Davlat shaharsozlik kadastri



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

7-bob. Shaharsozlik hujjatlari. Davlat shaharsozlik kadastri
44-modda. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi
Shaharsozlik hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) O‘zbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni
rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi;
O‘zbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq viloyat hududlarini o‘z ichiga olgan
qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan
rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish tarhi;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
2) O‘zbekiston Respublikasining viloyatlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish
to‘g‘risidagi hujjatlar:
viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini rejalashtirish tarhlari;
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi;
3) aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlar:
aholi punktlarining bosh rejalari;
aholi punktlari chegara chiziqlarining loyihalari;
aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish tarhlari;
4) aholi punktlarining hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlar:
batafsil rejalashtirish loyihasi;
qurish loyihasi;
5) shaharsozlik faoliyati obyektlarining qurilishi uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlari:
qurilishning texnik-iqtisodiy asosi;
qurilishning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari;
loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi hujjatlar).
Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari tarkibiga shaharsozlik hujjatlarining
boshqa turlari ham kirishi mumkin.
45-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlab chiquvchilar tomonidan shartnoma,
buyurtmachi tomonidan beriladigan loyihalashtirish topshirig‘i, boshlang‘ich-ruxsat beruvchi
hujjatlar va muhandislik-texnik qidiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir topshiriqlar quyidagilar bilan kelishib olinishi
lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi
qismining 
1-bandida
 nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari,
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 
1
va 
2-bandlarida
nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha;
tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi
birinchi qismining 
2 — 4-bandlarida
nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha;
maxsus vakolatli davlat organi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 
1 — 3-
bandlarida

4-bandida
 (ularning ishlab chiqilishi budjet tizimining budjetlar mablag‘lari hisobidan
moliyalashtirilganda), 
5-bandida
 (budjet tizimining budjetlar mablag‘lari hamda hukumat kafolati


ostida moliyalashtiriladigan noyob va alohida muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlar bo‘yicha)
nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha;
maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi
birinchi qismining 
4-5-bandlarida
nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha (ularning ishlab
chiqilishi budjet tizimining budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilganda).
Shaharsozlik hujjatlari quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim:
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 
1 — 3-bandlarida
 nazarda tutilgan shaharsozlik
hujjatlari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan;
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 
2 — 4-bandlarida
nazarda tutilgan shaharsozlik
hujjatlari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh
boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari hamda mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlari bilan.
Shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan
tasdiqlanadigan shaharsozlik hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olinishi lozim.
Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 
5-bandida
nazarda tutilgan shaharsozlik
hujjatlari sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va davlat yong‘in nazorati organlari, ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
esa ular huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.
Shaharsozlik hujjatlari ushbu Kodeksda belgilangan vakolatlarga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, buyurtmachi
tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga o‘zgartirishlar ushbu hujjatlarni tasdiqlagan organning
yoki buyurtmachining qaroriga binoan kiritiladi.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish