O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish tartibining



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

39-modda. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish tartibining
buzilishlari ustidan shikoyat berish
Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishning ushbu Kodeksning 
38-
moddasida
 belgilangan tartibi buzilishlari aniqlanganda, jamoatchilik nazorati subyektlari mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga
muvofiq shikoyat berishga haqli.
Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish tartibi buzilganligi to‘g‘risidagi shikoyat mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlari tomonidan asosli deb topilgan taqdirda takroriy muhokama o‘tkaziladi.
Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish
tartibi buzilgan holda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.
40-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi ushbu rejalarning yuridik va
jismoniy shaxslar huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga
muvofiqligi yuzasidan o‘rganilishini hamda baholanishini nazarda tutadi.
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik nazorati
subyektlarining tashabbusiga ko‘ra va jamoatchilik muhokamasini o‘tkazuvchi shaharsozlik faoliyati
sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish zaruratini asoslagan
holda bergan arizasi asosida o‘tkaziladi.
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishga doir ariza jamoatchilik
muhokamasi o‘tkazilganidan keyin o‘n besh kun ichida shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat
boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinadi.
Jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik asosida, jamoatchilik nazorati subyektlarining
mablag‘lari, homiylik mablag‘lari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar
hisobidan amalga oshiriladi.


Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi natijalari bo‘yicha yakuniy hujjat
tayyorlanib, u shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga va buyurtmachiga
taqdim etiladi.
Aholi punktlari bosh rejalarining buyurtmachilari aholi punktlari bosh rejalari jamoatchilik
ekspertizasining yakuniy hujjatiga doir javoblarni ushbu hujjatni tasdiqlash to‘g‘risida uzil-kesil
qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi.
Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi
shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organi o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi
natijalari bilan bir qatorda jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatida keltirilgan tavsiyalarni
hisobga oladi.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish