Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari



Download 58,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.07.2022
Hajmi58,55 Kb.
#774055
  1   2   3
Bog'liq
62-сон 02.03.2016. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida



Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI VA MAHALLIY IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI
XODIMLARINING ODOB-AXLOQ NAMUNAVIY QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari odob-
axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilash, ularning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va
samarali bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida suiiste’molliklarning oldini
olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-
axloq namunaviy qoidalari (keyingi o‘rinlarda Odob-axloq qoidalari deb ataladi) 
ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
2. Respublika davlat boshqaruvi organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ikki oy muddatda:
o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda, Odob-axloq qoidalari asosida markaziy
apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari uchun majburiy bo‘lgan xodimlarning idoraviy
odob-axloq qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni va uning shaxsiy tarkibini tasdiqlasinlar;
ichki mehnat tartib-qoidalarini va boshqa idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga
muvofiqlashtirsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, xodimlarning tasdiqlanadigan idoraviy odob-axloq qoidalari Odob-axloq
qoidalari talablariga zid bo‘lishi yoki ulardan past darajadagi talablarni nazarda tutishi mumkin
emas.
3. Xo‘jalik boshqaruvi organlariga Odob-axloq qoidalari asosida xodimlarning odob-axloq
qoidalarini qabul qilish tavsiya etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Odob-axloq qoidalari normalarining buzilishi qonun hujjatlariga
muvofiq intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib hisoblanishi mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi bilan
birgalikda 2016-yil mobaynida ushbu qarorning qo‘llanishi monitoringini olib borish va tahlil qilish
hamda, zaruriyat bo‘lganda, ularning yakunlari bo‘yicha Odob-axloq qoidalarini yanada
takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V.Abduqodirov 10
kun muddatda, ushbu qaror talablariga qat’iy amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi apparati xodimlarining odob-axloq qoidalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga
tasdiqlash uchun kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.

Download 58,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish