O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Guliston davlat universiteti
rektori_______M.T.Xodjiyev
“___” 2020 yil
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETINING
ODOB - AXLOQ QOIDALARI
GULISTON- 2022
KIRISH
"Faqatgina chinakam maʼrifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni,
bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini
anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustakil
davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib
obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan
kurashishi mumkin".
I.A.Karimov
Guliston davlat universiteti (bundan buyon matnda Universitet deb yuritiladi)ning odob-axloq namunaviy qoidalari (bundan buyon matnda "Odob-axloq qoidalari" deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi, "Taʼlim to‘g‘risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi va "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunlar, Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2012 yil 21 maydagi 139-son qarori, Vazirlar Maxkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining tegishli qaror va buyruqlari, universitetning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umumeʼtirof etilgan maʼnaviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
1-bo‘lim. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining odob-axloq qoidalari kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xulq-atvorining asosiy qoidalari yig‘indisidan iborat.
1.2. “Odob-axloq qoidalari” universitetda huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarining yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qatʼiy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
1.3. Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar qonun hujjatlari va Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishlari shart.
“Odob-axloq qoidalari"ishlab chiqilishida O‘zbekiston Respublikasi taʼlimga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga taʼlim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashga, taʼlim
oluvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning va maʼrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli universitetning asosiy funksiyasi taʼlim va tarbiya berishdan nborat ekanligi nazarda tutilgan.
1.4. “Odob-axloq qoidalari” universitet Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi va unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish Ilmiy kengash qaroriga bilan amalga oshiriladi.
1.5. “Odob-axloq qoidalari” universitetning maʼmuriyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa aʼzolari)ning universitetga oid o‘zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo‘lgan xulk-atvor koidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.
1.6. “Odob-axloq qoidalari” ga rioya qilish universitet jamoa aʼzolarining barchasi uchun majburiydir. Mazkur qoidalarga rioya qilish tartibi universitetda tuzilgan “Odob-axloq komissiyasi” tomonidan nazorat qilib boriladi.
1.7. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Odob-axloq qoidalari” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o‘z zimmasiga olib imzo qo‘yishi shart.
1.8. Universitet jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, taʼlim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subʼektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlarda “Odob-axloq qoidalari” dagi ko‘rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.
2-bo‘lim. Maqsad va vazifalar
2.1. “Odob-axloq qoidalari” ning maqsadi universitetda sog‘lom maʼnaviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro‘-eʼtiborini asrab-avaylash, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, universitetning jamiyatdagi hamda taʼlim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.
2.2. “Odob-axloq qoidalari” ning asosiy vazifalari:
- yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z masʼuliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassislarni tayyorlash;
Universitet jamoa aʼzolarining maʼnaviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;
- yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli xalokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik taʼsirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan himoya kilishga ko‘maklashishdan iborat.
3-bo‘lim. Jamoa aʼzolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar
3.1. Universitetda hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish xamda ahil-inoqlik jamoa aʼzolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
3.2. Universitetda o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili - bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa aʼzosining so‘z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni xaqorat kilish, o‘zaro munosabatlarda umumeʼtirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so‘zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, eʼtiqod erkinligi diniy marosim liboslarida universitetga kelish xuquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi taʼlim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy tasir qilish huquqini kafolatlamaydi va xokazo.
3.3. Jamoa aʼzolarining universitetga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa aʼzolari universitetga orasta bo‘lib, unga monand kiyimda kelishi lozim.
3.4. Jamoa aʼzosining shaʼni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning maʼnaviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa aʼzolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so‘zlar ishlatishi qatiy taqiqlanadn hamda universitetda o‘zaro "Siz" deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
3.5. Universitet jamoa azolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o‘z so‘zini tugatib, boshqasi so‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.
3.6. Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-o‘kituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim.
3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan masʼul shaxs yoki navbatchiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda ko‘rsatishi shart.
3.8. Jamoa aʼzolari universitet hududida yo‘lning o‘ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatga salomlashishlari, bunda: talabalar professor-o‘qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan
qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina unga javoban qo‘l uzatish mumkin,
3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki universitetning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
3.10. Kompyuterlarda universitetga tegishli bo‘lmagan maʼlumotlarni, shunnngdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy malumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qatʼiyan man etiladi.
3.11. O‘quv mashg‘ulotlariga va ishga hamda jamoa aʼzolarining osoyishtaligi halaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalarida” maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.
3.12. Universitet jamoa aʼzolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko‘ra o‘z vaqtida kelishlari shart.
3.13. Universitetda har qanday huquqbuzarlik sodir etish taʼqiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa aʼzosiga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash qatʼiyan man etiladi.
4-bo‘lim. Universitet boshqaruv xodimlarining kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish prinsiplari.
4.1. Universitet boshqaruv xodimlari o‘z kasbiy faoliyatlarini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.
4.2. Universitet boshqaruv xodimlari quyidagilarga majbur:
funksional vazifalarini bajarishda davlat prinsiplari va talablariga qatʼiy rioya etish;
o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;
yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarida belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;
o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning taʼsiri bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarga barham berish;
normativ-huquqiy hujjat va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, o‘z xizmat vazifalarini og‘ishmay bajarish;
o‘z xizmat faoliyatiga biror-bir taʼsir ko‘rsatish imkoniyatiga barham berish;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka ko‘maklashish;
o‘zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyish, shuningdek o‘z obro‘siga yoki universitetning nufuziga zarar yetkazishga qodir bo‘lgan vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
5-bo‘lim. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning taʼlim-
tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari
5.1. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari "Ustoz-shogird" milliy ananalariga asoslanishi lozim.
5.2. Professor-o‘qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar o‘rinlaridan turib salomlashishlari, so‘ngra o‘z joylarini egallashlari lozim.
5.3. Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.
5.4. Talaba o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan dars mashg‘ulotlariga xalaqit bersa, professor-o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruhsati bilan bunday talabani mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.
5.5. Talabada professor-o‘qituvchi bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, yaʼni:
- professor-o‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofik mashg‘ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda shug‘ullanishini;
- o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan professor-o‘qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.
5.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-o‘qituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki o‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib
kelgan yoki kelmagan bo‘lsa, professor-o‘qituvchidan xatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham xaqli emas.
5.7. Ayrim hollarda talabalar professor-o‘qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo‘pollik, taʼmagirlik, professor-o‘qituvchining aybi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) ko‘rsatilishi va u bo‘yicha guruhning yagona fikri mavjud bo‘lishi shart.
5.8. Professor-o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bo‘lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.
6. Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari
6.1. Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlarida - yagona jamoa, o‘zaro hurmat va eʼtibor, do‘stlik, hamjihatlik, xalollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
6.2. Professor-o‘qtuvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitshi, o‘zganing intelektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qatiyan man etiladi.
7-bo‘lim. Talabalarning o‘zaro munosabatlari
7.1. Talabalarning o‘zaro munosabatlarida-yagona jamoa, o‘zaro hurmat va eʼtibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
7.2. Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o‘zganing intelektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qatʼiyan man etiladi.
8-bo‘lim. Professor-o‘qituvchilarniig odob-axloqqa oid majburiyatlari
- erkak pedagog xodimlarning tashqi qiyofasi ozoda, pokiza, sochi tartibga solingan va soqoli olingan bo‘lishi lozim;
- ayol pedagog xodimlarga yorqin pardoz(makiyaj) qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- pedagog xodimlarga auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyimda (plash, palto, kurtka kabilar) yurishlari mumkin emas;
- pedagog xodimlar diniy ibodat libosida, sport kiyimi va poyafzalida kelishi, ularning odamlar diqqatini tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda xaddan ziyod tor kiyimda, shuningdek
naushniklar, metall zanjirlar va boshqa taqinchoqlar, pirsingda, soqolini o‘stirgan holda, ro‘molini jag‘idan bog‘lagan tarzda kelishi va shu holatda yurishi mumkin emas;
- odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bo‘lish;
- universitet manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyish;
- biror-bir noxush voqea yoki xodisa ro‘y bersa, zudlik bilan u haqida maʼmuriyatga xabar berish;
- universitet shaʼni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
- universitet to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
- dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy- ananalarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish;
- yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik taʼsirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan ogoh etib borish;
- taʼlim oluvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashiing va maʼrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko‘maklashish.
9-bo‘lim. Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari
A) Universitet hududiga:
- talaba yigitlar (belgilangan formada) oq ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim-kostyum, galstukda va to‘q rangdagi poyafzalda kelishlari lozim;
- talaba qizlar (belgilangan formada) oq bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka va kostyum, to‘q rangdagi poyafzalda kelishlari lozim;
- talaba yigitlarning tashqi qiyofasi ozoda, pokiza, sochi tartibga solingan va soqoli olingan bo‘lishi lozim;
- talaba qizlarga yorqin pardoz(makiyaj) qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- talabalar diniy ibodat libosida, sport kiyimi va poyafzalida kelishi, ularning odamlar diqqatini tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda xaddan ziyod tor kiyimda, shuningdek naushniklar, metall zanjirlar va boshqa taqinchoqlar, pirsingda, soqolini o‘stirgan holda, ro‘molini jag‘idan bog‘lagan tarzda kelishi va shu holatda yurishi mumkin emas;
- hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish;
- hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;
- ustozlar bilan duch kelganda salom berish;
- o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
- universitet mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
- mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini ochmaslik;
- maishiy tinchlikka rioya kilish;
- universitetga o‘zlari bilan inson hayoti yoki sog‘ligiga zarar yetkazish mumkin bo‘lgan har qanday vositalar, buyumlar, shu jumladan o‘tkir-sanchiluvchi, kesuvchi predmetlarni olib kirmaslik va olib yurmaslik;
- narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar isteʼmol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi alohida qayd etiladi.
B) auditoriyada:
- ustki kiyimda (plash, palto, kurtka kabilar) yurishlari mumkin emas;
- uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;
- dars vaqtida gaplashmaslik;
- jihozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik;
- kog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
V) Umumiy ovqatlanish joylarida:
- taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
- tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.
G) axborot resurs markazida:
- ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
- kog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya kilish.
D) talabalar turar joylarida:
- mavjud jihozlarnn asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
- elektr-energiyasi, gaz va suv resurslarndan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
- sanitariya va gigiyena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
- talabalar turar joyi "Nizomi" va "Ichki tartib qoidalari"ga qati rioya qilish.
S) sport majmualarida:
- sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
- sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;- mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.J) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida:
- o‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish
;;
- оммавий тадбирлар вақтида хуштак чалмаслик, бақирмаслик, тадбир тугашидан олдин сабабсиз чиқиб кетмаслик;
- уҳлаб ўтирмаслик, ўриндиқларга ўтиб олмаслик, бир-бири билан гаплашмаслик, ён атрофдагиларга халақит бермаслик,
Шунингдек,
- турли давраларда ўзининг намунавий ҳулқи ва билими билан университет ҳақида юксак ижобий таассурот ҳосил қилишга интилиш;
- доимо комилликка интилиш, ҳалоллик ва адолат билан ҳаёт кечириш каби олижаноб фазилатларни чуқур англаш;
- университет манфаати, унинг шаъни ва шонли анъаналари, обрўси ҳамда нуфузи тўғрисида қайғуриш, уларни сақлаб қолишга жонкуярлик қилиш ва уларга ҳурмат билан муносабатда бўлиш.
Do'stlaringiz bilan baham: |