8-hafta topshiriq



Download 19,3 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi19,3 Kb.
#436511
Bog'liq
8-hafta



8-hafta topshiriq
Zamonaviy pedagog qiyofasi deganda uning tashqi va ichki ko‘rinishi nazarda tutiladi. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi “pedagogning imiji”ga albatta mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, o‘qituvchining qiyofasi uning chehrasida va kiyinishida namoyon boladi. O‘qituvchi har qanday kiyimda yurishi mumkin emas. U toza va ozoda, bejirim va latofatli kiyinishi kerak.
Bolalar o‘qituvchisini, birinchi navbatda, chiroyli kiyingani qarab ham yaxshi ko‘radi. Undan keyin, uning chehrasiga, ko‘zlaridagi mehrga qaraydilar. Agar o‘qituvchining ko‘zlarida bolalarga nisbatan mehr bo‘lmasa, u qanchalik chiroyli va qimmatbaho kiyingan bo‘lmasin, bolalar uni yaxshi ko‘rmaydi. Shu sababli o‘qituvchi­ning istarasi issiq bo‘lishi ham zarur.
O‘qituvchi hamisha darsga ochiq chehra bilan kirishi kerak. Nutq madaniyatiga rioya qilishi, shevadan qochib, adabiy tilda, chiroyli muo­malada so‘zlashi lozim. O‘qituvchi chiroyli gapira olishi, ya’ni notiqlik san’atini ham egallagan bo‘lishi lozim. Aslida, har qanday insonga ham kiyinishiga, ko‘rinishiga va gapirishiga qarab baho beramiz. Shuning uchun shu uchta belgi insonlar to‘g‘risida xulosa chiqarishning birlamchi belgilari hisoblanadi. To‘rtinchidan, o‘qituvchi o‘z kasbini sevishi, mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Beshinchidan, darsni o‘quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib tu­shuntira olishi kerak. Oltinchidan, dars o‘tishning innovatsion metodlari va metodikalarini yaxshi bilishi hamda ularni darsda mohirlik bilan qo‘llay olishi lozim. Yettinchidan, o‘qituvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bili­shi va darsda ulardan samarali foydalana olishi zarur. Sakkizinchidan, o‘qituvchi chet tilla­ridan bir nechtasini (rus, ingliz…) bilishi va shu tillarda erkin muloqot qila olishi kerak. To‘qqizinchidan, o‘qituvchi­ning oilasi na’munali oila ham bo‘lishi zarur. O‘ninchidan, o‘qituvchi mahallasi va jamoasida yetarlicha hurmat-izzatga sazovor bo‘lishi ham kerak.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pedagogdan juda ko‘p kasbiy va insoniylik xislatlari talab etiladi. Shu sababli o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz va muttasil ishlashi, o‘zini isloh etib borishi, bilimi va xulqini doimiy takomillashtirib borishi zarur.
Download 19,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish