[
OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va ta’lim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga
solishning xususiyatlari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarning ta’sirchanligini hamda maktablar rahbarlari va pedagogik jamoalarning mas’uliyatini yanada oshirish, umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga (O‘zbekiston
Respublikasi QT, 2019-y., 9-son, 231-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
831-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 2
1-band qo‘shilsin:
“2
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yakunlangan o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari ro‘yxatini har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etib borsin”.
2. Qarorga 1-ilova (Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish”;
b) 12-bandda:
“a” kichik bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog xodimlar soni umumta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami pedagog xodimlar umumiy sonining 50 foizidan oshib ketmasligini nazorat qiladi”;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘quv yili davomida bazaviy tarif stavkasiga har oylik
ustama belgilangan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha ushbu Nizomga 2, 2a, 2b-ilovalar bilan tasdiqlangan shakllar asosida tizimli ichki monitoring yuritadi”;
“b” kichik bandning birinchi xatboshidagi “o‘qituvchilar” so‘zi “pedagog, psixolog” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 15-bandning birinchi xatboshidagi “ota-onalar qo‘mitasi” so‘zlari “kuzatuv kengashi va o‘quvchilar ota-onalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 16-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 17-banddagi “mukofotlash” so‘zi “xodimlarni mukofotlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga o‘quvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qo‘shgan pedagog xodimlarga mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan ustamalar o‘rniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz bo‘lgan ustama haq to‘lanadi.
Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlar ro‘yxati Ishchi guruhning qarori asosida xalqaro baholash tadqiqotlari turkumiga kiruvchi fanlar doirasida shakllantiriladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga har yili 1-martga qadar taqdim etiladi.
100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida o‘tkaziladigan sinovlar natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining tashqi monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar o‘rtacha 80 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichga ega bo‘lganda, Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchiga yangi o‘quv yilidan boshlab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama haq belgilanadi”;
e) quyidagi mazmundagi 25
1-band qo‘shilsin:
“25
1. Xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi.
Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari tashqi monitoring tarzida o‘quv yili yakuniga qadar baholanadi hamda 100 foizlik ustama haq olish huquqini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “A’lo darajali” pedagoglar deb yuritiladi.
Da’vogar o‘qituvchi dars mashg‘ulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishi shart”;
j) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin”;
z) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Umumta’lim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor, direktorning o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari) va o‘z faoliyatini soatbay haq to‘lash asosida amalga oshiradigan o‘qituvchilariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi, Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) — fan olimpiadalarida o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno”;
i) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun Jamg‘arma mablag‘lari
hisobidan oltin, kumush va bronza medallariga qarab tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama haq to‘lanadi”;
k) quyidagi mazmundagi 30
1 va 30
2-bandlar qo‘shilsin:
“30
1. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi:
o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;
o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;
o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 3 baravardan.
30
2. Mazkur Nizomning 30
1-bandida nazarda tutilgan pul mukofotlarini tayinlash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining murojaatiga ko‘ra hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining tegishli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Bunda:
o‘quvchilarning
umumiy sonini hisoblaganda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi;
umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;
oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar soni ushbu Nizomning 30
1-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida belgilangan foiz qismining kamida uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari o‘z murojaatida mazkur Nizomning 30
1-bandida qayd etilgan ko‘rsatkichlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda tasdiqlangan holda tegishli hududiy xalq ta’limi
boshqarmalariga taqdim etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari erishilgan ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini tekshirib ko‘radi hamda tasdiqlangan ma’lumotlar asosida maktab direktori va direktor o‘rinbosarlarini mukofotlash bo‘yicha tegishli buyruq qabul qiladi va ushbu buyruq mukofotlarni to‘lash uchun asos hisoblanadi”;
l) 32 va 33-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
33. Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga ko‘ra yoki umumta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha favqulodda hollarda, ya’ni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi)
vafot etganda, xodim va uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir jarohat olganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi”;
m) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini
BAHOLASh
MEZONLARI
1. Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida belgilanadi: