O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

63-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari
Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin:
turar joy zonalari;
ijtimoiy-amaliy zonalar;
ishlab chiqarish zonalari;
muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari;
rekreatsiya zonalari;
qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar;
maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar;
harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlar zonalari;
shahar atrofi zonalari.
Mahalliy sharoitlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa hududiy zonalarni
belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda ularga yer
uchastkalarini hamda boshqa obyektlarni kiritishi mumkin.
Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlar, tabiiy obyektlarning tabiiy
chegaralari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari chegaralari inobatga olingan holda
belgilanadi.
Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda
joylashgan barcha yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va ularning majmualariga nisbatan
bir xil qo‘llaniladi.
Chegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan hududiy
zonalarda ayrim binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini loyihalashtirish va qurishga
nisbatan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin.
64-modda. Turar joy zonalari
Turar joy zonalari ko‘p qavatli uylar, o‘rtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar
qurish uchun mo‘ljallangan.
Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun
ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi.
Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati
atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya


ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar), alohida turgan, birgalikda
qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-
maishiy obyektlarni, ibodatxonalarni, avtomobil transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va
omborxona obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Turar joy zonalarida yuzdan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonalarini, kino-
videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtinchalik pavilonlarni, ochiq turdagi yozgi
sahnalarni, kinoteatrlarni va raqs maydonchalarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish