O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

60-modda. Loyiha hujjatlari
Loyiha hujjatlari quyidagilardan iborat:
ishchi loyiha;
loyiha-smeta hujjatlari;
ishchi hujjatlar.
Loyiha hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolarni, inshootlarni va
ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning, shuningdek
obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydi.
Loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, maxsus
vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo‘linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari,
davlat yong‘in nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa
xizmatlar bilan kelishiladi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini
belgilash, shuningdek ularga o‘zgartirishlar kiritish buyurtmachining tashabbusiga ko‘ra hamda
uning hisobidan amalga oshiriladi.
Obyektlar qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
9-bob. Aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish
61-modda. Qurish qoidalari
Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga
oshirish tartibini belgilaydi.
Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali texnologiyalarni qo‘llash
va rivojlantirishni rag‘batlantirishi va buning uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish
loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari
asosida ishlab chiqiladi.
Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan obyektlarni qurish uchun ruxsat beruvchi
hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi xavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar mustasno.
62-modda. Hududlarning zonalashtirilishi
Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini ta’minlashga, hududlarni tabiiy
va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi hamda
ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va
muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros obyektlarini,
qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar:
madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalarida, qo‘riqxona zonalarida;


muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;
sanitariya zonalarida;
muhofaza zonalarida;
sanitariya-muhofaza zonalarida;
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning ta’siriga duchor bo‘lgan
zonalarda;
favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarida;
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitli zonalarda belgilanadi.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin.
Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan
foydalanishga doir cheklovlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Aholi punkti hududining funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari
yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlaridan, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, investitsiyalar jalb qilish, rekreatsiya va madaniy zonalarni shakllantirish
zaruratidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish