O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

53-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari
Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi
loyiha yechimlar belgilanadi:
tuman (tumanlar guruhlari) hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim
sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari;


hududning zonalashtirilishi va rejali tuzilishi;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda
vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlari;
aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni
rivojlantirish yo‘nalishlari;
aholi punktlarini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joylashtirish uchun hududlar, jamoa bog‘dorchiligi,
uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari;
aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun hududlar;
aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
54-modda. Aholi punktining bosh rejasi
Aholi punktining bosh rejasida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini
hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati;
aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan
muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-
tadbirlari;
aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbati;
aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
aholi punktining chegaralari;
aholi punkti hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh
hududlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida
ishlab chiqilishi mumkin.
O‘rtacha va kichik shaharchalarning, shuningdek qishloqlar va ovullarning bosh rejalarini
ishlab chiqish batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan birga yagona hujjat sifatida
qo‘shib bajarilishi mumkin.
Hududida madaniy meros obyektlari bo‘lgan aholi punktining bosh rejasi ishlab
chiqilayotganda aholi punktining tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros obyektlarining
muhofaza zonalari inobatga olinadi.
Aholi punktining bosh rejasi yigirma — yigirma besh yillik hisob-kitob muddatiga mo‘ljallanib
ishlab chiqiladi. Aholi punktining bosh rejasi u to‘liq amalga oshirilguniga qadar yoki yangi bosh
reja tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Aholi punktining bosh rejasi mavjud bo‘lmaganda yoki uning yangi bosh rejasi ishlab
chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer uchastkasi ajratish bilan bog‘liq
masalalar tuman (shahar) qurilish bo‘limining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishib olinadi.
Aholi punktining yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda davlat ahamiyatiga molik
obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir materiallar ishlab chiquvchilar bilan
qo‘shimcha ravishda kelishib olinishi lozim.
Aholi punktlari hududida obyektlarni bosh rejasiz va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz
loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanadi.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish