Qadimgi jamiyatlar odamlari qobiliyat va ehtiyojlarining oshishi
Inson ehtiyojlarini to’rt asosiy guruhga bo’lish mumkin:
kuch va mehnat qobiliyatini qayta tiklash bilan odamni biologik mavjudot sifatida qayta ishlab chiqarish bilan bog’langan biologik guruh. Bunda oziq – ovqat, uyqu, hordiq, kiyim va poyafzal va h.k.larga tegishli ehtiyojlar kiradi. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun fiziologik minimum bor, usiz hayot mumkin emas, odam esa ichki zahiralarini tugallab halok bo’ladi. Bu ehtiyojlar doirasi tarixiy protsesning har bir bosqichi – ijtimoiy kelib chiqishning unsurlari bilan boyiydi;
iqtisidiy – turli xil mehnat faoliyatini amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqargan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan mahsulotlarni o’zlashtirish, ularni taqsimlash va ayirboshlash, boylik to’plash va ularni meros bo’yicha uzatish va h.k. Shunday qilib uzluksiz ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning uzluksizligi, chiqarishi ta’minlanadi;
ijtimoiy – bu ijtimoiy mavjudot sifatida inson vujudga keltirgan jamiyatni shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlarini aks ettiradi. Bu guruhga oila-qarindoshlik, etnomilliy, ijtimoiy-guruhiy, umuminsoniy ehtiyojlar kiradi.
ma’naviy – bu inson va jamiyatning intellektual potensialining taraqqiyotini aks ettiradi. Bu atrof dunyoni va o’z-o’zini bilishga ehtiyoj; dunyoni estetik baholash va obrazli qabul qilish bilan aloqador; ta’limga ehtiyoj, bilimlarni to’ldirish va yangilash; jamiyatning boshqa a’zolari bilan tartibga solingan adolatli munosabatlarga ma’naviy ehtiyojlar; jamiyatning ko’pgina a’zolari uchun hayotning mazmuni va maqsadini belgilaydigan mafkuraviy va asosan diniy ehtiyojlar.
Birinchi uch tarixiy bosqichlar davomida inson ehtiyojlari va qobiliyatlari dinamikasi an’analari qanday bo’ladi?
Birinchidan, ehtiyojlarning asosiy ko’rinishlarini nisbati – va ularni qondirish uchun ijtimoiy mehnat proportsiyalari o’zgardi. Mezolitda va neolit boshida shubhasiz ustuvorlik biologik ehtiyojlarga tegishli edi. Ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga kuch kam qolar edi, ular ham insonning manfaatlari doirasida salmoqli o’rin egallamas edi. Jez asri iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarni keng doirasini shakllantirdi. Antik jamiyatda aynan ular ustuvor o’rinni egalladilar. Misrda, Bobil, OSuriya, Xitoy, Hindiston, O’rta Osiyoda bunyod qilingan yirik shaharlardagi ulkan saroylar, ibodatxonalar, sog’analar buning guvohidir.
Ikkinchidan, aholining turli guruhlarining ehtiyojlarini ijtimoiy tabaqalinishi shakllandi. Ilk neolitda odamlar va oilalarni ehtiyojlari taxminan bir xil edi va ularda shubhasiz biologik ehtiyoj ustuvor edi. Jez asri esa ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy ehtiyojlar doirasini shakllantirdi. Katta boylikka ega bo’lgan hukmron, diniy va harbiy elitaning turli xil nozik ehtiyojlari bor edi. Erkin shaharliklar, hunarmandlar, harbiylarning ehtiyoji ancha cheklangan bo’lib, ko’p sonli qullar va eng qashshoq kambag’allarning ehtiyojlari juda kam edi va paleolit jamiyatining o’rta odami ehtiyojlaridan kam farq qilar edi.
Uchinchidan, ehtiyojlarning hududiy ajralishi kuchaydi. Agar paleolit va mezolit davrida turli hududlardan jamoa va qabilalarning ehtiyoj tarkibidagi farq uncha katta bo’lmagani va eng avvalo tabiiy muhitning har xilligi bo’lsa, dehqonchilik va chorvachilik, hunarning rivojlanishi bilan ehtiyojlarni orasidagi farq va ularni qondirish darajasi muntazam o’sib bordi va u ko’proq ishchilarning mohirligi, texnologik va iqtisodiy omillarga bog’liq bo’lib qoldi. Turli hududlarda chorvador va o’troq aholi, turli xalqlarni yashashi, ularni jahon imperiyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy va madaniy almashinuvlar hajmining o’sib borishi, turli xalqlarning ehtiyoj va qobiliyatlar tarkibini yaqinlashuviga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |