6. Qadimgi jamiyatlarda ijtimoiy qayta ishlab-chiqarish mahsulotini qiymat tuzilmasi dinamikasini faqat shartli gapirish mumkin, chunki uning asosiy qismi tovar shaklida emas edi.
Mezolit davrida barcha ishlab-chiqarilgan mahsulot (sarf qilingan xom - ashyolarni qoplash uchun foydalanilgan, uning ko’p bo’lmagan qismidan tashqari) yakka tartibda yoki jamoa iste’moli uchun yo’naltirilar edi. Qo’shimcha mahsulot amalda yoq edi.
Neolit jamiyatida asosan oilaviy iste’molga otildi, jamoa iste’moli keskin kamaydi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan tizimli shug’ullanish, ishlab-chiqarish vositalarini qayta ishlab-chiqarishga yo’naltirilgan mahsulot ulushini ko’paytirishni talab qildi. Qo’shimcha mahsulot tizimli ishlab chiqarila boshlandi. Bu o’z navbatida jamg’arishga va noishlab-chiqarishga sarflandi.
Qayta ishlab-chiqarishning siklik makromodelidan foydalanish qadimgi jamiyatlarni iqtisodiyotida yuz bergan tub o’zgarishlarni aniqlash va baholash imkoniyatini berdi.
Tayanch iboralar: makroekonomik model, sohaviy tuzilma, pog`onaviy tuzilma, texnologik tuzilma, iqtisodiy tuzilma, ibtidoiy jamoa xo`jaligi, antik jamiyat, iqtisodiy uklad, monogam oila, patrialxal oila, ilk sinfiy jamiyat,noishlab chiqarish.
Takrorlash uchun savollar
Iqtisodiy boshqaruv mexanizmida qanday o’zgarishlar yuz berdih
Qayta ishlab chiqarish sikli deganda nimani tushunasizh
Qayta ishlab chiqarishning iqtisodiy tuzilmasi to’g’risida tushuncha bering.
Mustaqil ish mavzulari
Ko’p o’chovli qayta ishlab chiqarishning siklik makro modeli tasvirini chizing.
Qadimgi jamiyatlar iqtisodiyoti tuzilmasi dinamikasining jadvalini tuzing va izoh bering.
Jamiyat iqtisodiy tuzilmasining unsurlari.
Mavzuni o’rganish metodlari
Talaba (magistrant)lar bu mavzuni o’rganish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish uchun o’qitishning loyihalash metodidan foydalanish mumkin. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutib turuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Ular loyiha usulida rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq ishtirok etadilar. Dars jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin:
1.Dars mashg`ulotining mavzusini e’lon qilish. Bunda o’qituvchi ishtirok etadi.
2. Darsning rejasi, mavzu asosida ishlanishi lozim bo’lagan nazariy tushunchalar tomonidan doskaga yoziladi. Bahs uchun savollar ishlab chiqiladi.
3. Talaba(magistrant)lar o’z fikrlarini bayon etib va kerakli tushunchalarni yozib boradilar
4. Talaba(magistrant)lar o’z faoliyatlarini nazorat qiladilar va umumlashtiradilar.
5.Dars yakunida o’qituvchi ishtirok etib firklarni umumlashtirishi tahlil qilishi, yo’l qo’yiligan kamchiliklarni tuztishi mumkin.
6. Baholash va faol o’quvchilarni taqdirlashni talaba(magistrant)larning o’zi amalga oshrishi mumkin.
Har bir guruh o’zi tasavvur qilganidek ko’p o’lchovli makroekonomik modelni tasvirlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |