O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Davlat va huquqning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet41/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Davlat va huquqning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi. Jahon sivilizatsiyasining jez asridagi yirik ijtimoiy yangiligi sifatida davlat va huquq paydo bo’ldi. Neolit davrida ijtimoiy hayot jamoa, keyin esa qabila o’z-o’zini boshqarish asoslarida amalga oshirildi. Bu boshqaruv boshliqlari, saylangan oqsoqollar to’plangan an’analarga va urf odatlarga tayanib yig’ilishlarida jamoa qarori bo’yicha ish yuritar edi. Biroq xususiy mulkning paydo bo’lishi, harbiy to’qnashuvlarning kuchayishi, tabaqalarning boshqaruvini o’z zimmasiga olgan kishilarning alohida qatlamini paydo bo’lishiga olib keldi. Ular jamiyat ichidagi o’zaro nizolarni hal qilish, dushmandan himoyalanishni, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlash uchun turli huquq normalarini shakllantirdilar. Jamiyat ichida shakllangan davlat boshqaruvi sud, qonun chiqaruvchi, ijroiya hokimiyatlarini amalga oshiradigan bo’g’inlardan iborat edi. Davlat va huquqning paydo bo’lishi jamiyat hayotini tashkil qilishda olg’a qadam edi. Aholi sonining o’sishi va uning turli ijtimoiy guruhlarga bo’linib ketishi, turli tabaqalar o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni murakkablashtirdi. Bu ziddiyatli munosabatlarni tartibga solish zaruriyati, boy tabaqa huquqini, noaniqlikni tugatish lozim edi.
Nafaqat katta boylikka ega bo’lgan urug’ zodagonlari balki, oddiy dehqonlar, chorvadorlar o’z mulklari va xavfsizliklarini, qo’shnilarning zo’ravonligi taxdididan himoya qilishga muhtoj edilar.
Endilikda ko’p asrlik an’analarga asoslangan, ming yillar davomida shakllangan jamoa boshqaruvi yangi vujudga kelgan ziddiyatli munosabatlarni tartibga solishga qodir emas edi. Yangi paydo bo’lgan xususiy mulkni qayta ishlab chiqarish uchun shart – sharoitlarni tizimlashni va himoya qilishni zarurati sifatida davlat huquqi paydo bo’ldi. Davlat o’z zimmasiga bir qancha ijtimoiy ishlarni jumladan, sug’orish inshootlarini, ibodatxonalar, maqbaralar barpo qilishni oldi.
Davlat va huquq paydo bo’lishining ijtimoiy omillari ham bor edi. Ijtimoiy taraqqiyot turli ijtimoiy qatlam toifalar va sinflarni paydo bo’lishiga olib keldi. Ularning bari jamiyatda yetakchi, imtiyozli o’rinlarni egallab oldilar. Ular bu imtiyozlardan mahrum bo’lgan jamiyatning ko’pchilik oddiy a’zolarining taxdididan himoyaga muxtoj edilar. Davlat, sinfiy hukmronlik, toifaviy imtiyozlarni mustahkamlash quroli bo’ldi. Davlatning paydo bo’lishini boshqa turli omillari ham kuchaydi. Aholi zichligining oshishi, boyliklarni to’planshishi, tez-tez takrorlanayotgan urushlar kuchli qo’shinning tashkil qilish ehtiyojini keltirib chiqardi. Davlat jamiyatning tashqi xavfsizligini ta’minlashni, qayta ishlab chiqarishning tashqi sharaoitlarni yaratishni ham o’z zimmasiga oldi.
Davlat huquqiy normalarni ishlab chiqarish tashabbuskori bo’ldi va ularni bajarishni ta’minladi. Er. avv 3-2 ming yilliklardan boshlab huquq normalarini kodifikatsiya qilishga urinish tarixdan ma’lum. Misol uchun, er avv XXIV asrda qadimgi Mesopotamiyada podsho Shulgining (2093-2646 yillar) qonunlari e’lon qilingan.
Shulgi ibodatxona va davlat xo’jaliklarini boshqarishda qat’iy tartib ornatdi. Lekin bizgacha yetib kelgan to’liq huquqiy normalar to’plami bu podsho Xammurapi (er avv 1792 -1750 yillar) qonunlari kodeksidir.
Bu kodeks bir necha bo’limlarni o’z ichiga oladi: qonunchilikning asosiy tamoyillari, podsho, ibodatxona, podsho odamlari mulkining himoyasi, ko’chmas mulk bilan operatsiyalar, savdo va sudxo’rlik operatsiyalari, tan jarohati, yo’llanma mehnat, ko’chadigan mulk bilan operatsiyalar. Qadimgi jamiyatlar qonunchiligida Rim huquqi ham ahamiyatga molik. Rim huquqi mulkiy va ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab olgan edi.
Qadimgi jamiyatlar davlatlarida siyosiy tuzilmaning turli xil shakllari mavjud edi. Bu sharq va g’arbdagi u’lkan markazlashgan xukmdorning tanho xokimiyatiga asoslangan davlat tuzilmalari hamda nisbatan demokratik va oligarxik tuzumlari mavjud edi. Neolit davrida siyosiy hayotga zarurat yo’q edi. Jamoa a’zolarining huquqlari bir xil bo’lib ijtimoiy tuzum siyosiy hokimiyat shaklini olmagan edi. Davlatning paydo bo’lishi jamiyatning mulkiy, ijtimoiy tabaqalanishi, odamlarning turli guruhlarini, turli manfaatlarini ifodalovchi siyosatning tug’ilishiga olib keldi. Turli xil ijtimoiy qatlamlar davlat hokimiyati va u bilan bog’liq huquq va imtiyozlarni egallash uchun kurash olib bordilar.
Neolit sivilizatsiyasi jamoaning barcha a’zolarini teng huquqli va shaxsiy erkinligi bilan ajralib turar edi. Lekin oila a’zolari uni boshlig’iga qat’iy bo’ysunar edi. Ular dehqonchilik, chorvachilik va boshqarishlarni birgalikda amalga oshirar, jamoaning ichki imtiyoziga qat’iy amal qilib yashar edilar. Jez asri sivilizatsiyasida erksizlik umumiy edi. Dehqonlar, hunarmandlar xatto zodagonlar podshoga to’liq qaram edilar. Podsho ilohiy hisoblanib fuqarolarni jazolash va o’ldirishga qodir edi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish