Tayanch iboralar: Neolit, ekologik tushkunlik, dengiz kemasozligining rivojlanishi, insonning muskul kuchi, harbiy ishlarda va transportda otlardan foydalanish, bug’ mashinasiga o’xshash mexanizmning yaratilishi, temir qurollardan foydalanish, ekoligik uyg’unlikning davriy buzilishi, mezolit g’orlar, Elba, Oder, mezolit manzilgohlari, ilk sinfiy, ekologik koopeatsiya, ayirboshlash, globallashuv.
Takrorlash uchun savollar
1.Mezolit ve neolit davrlarida mehnat qurollarini rivojlanishi va
takomillanishining asosiy bosqichlarini ayting.
2.Insoniyat sivilizatsiyasi jarayonida metallarni o’zlashtirish, metal
mehnat qurollaridan foydalanish qanday o’zgarishlarga olib
keldi?
3. Qadimgi jamiyatlar taraqqiyotining turli bosqichlarida qaysi
energetika manbalari yetakchi edi?
4. Ilk ekologik tushkunliklar sababini izohlab bering?
5. Insoniyat tarixining birinchi bosqichlarida ekologik
tushkunliklarning kelib chiqish sabablari nimada edi?
6. Qadimgi jamiyatlarda mehnat taqsimotining o’ziga xos
ko’rinishlarini ayting.
7. Qadimgi jamiyatlarda mehnat kooperatsiyasi va iqtisodlashuvi
mehnat unumdorligiga qanday ta’sir etdi?
Mustaqil ish mavzulari
1. Ilk texnologik to’ntarishlar. (paleolit, mezolit)
2. Ilk ekologik tushkunliklar va ularning kelib chiqishi
3. O`zlashtiruvchi xo`jalik
Mavzuni o’rganish metodlari
Mavzuni mustahkamlash uchun “Skarabеy” tеxnologiyasini qo’llash mumkin
“Skarabеy”usuli intеrfaol tеxnologiya bo’lib, u talaba (magistrant) larda fikriy bog’liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur tеxnologiya ularga mustahil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni, ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlash imkonini bеradi.
“Skarabеy” tеxnologiyasi ko’p tarmoqli bo’lib, undan o’quv jarayonining turli bosqichlarida foydalaniladi:
- mazkur jarayonda dastlab - o’quv faoliyatini jonlantirish sifatida;
- mavzuni o’rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini bеlgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xaraktеrini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish va yangi jihatlarini ko’rsatish maqsadida;
- mashg`ulot yakunida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
“Skarabеy” tеxnologiyasi talaba (magistrant) tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U talaba (magistrant)lar ko`nikmasidan foydalanishni ko’zda tutadi, rеflеktiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Talaba (magistrant) larga bu mavzuni o’tish jarayonida asosiy e’tiborni qadimgi jamiyatlarda texnik progress , mehnat qurollarining evolyutsiyasi masalariga e’tibor berish lozim. “Skaraybey” texnologiyasidan dars mashg`ulotining turli bosqichlarida foydalanish mumkin. Ularga mavzu yuzasidan quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:
1. Neolit sivilizatsiyasiga qadar inson qanday mehnat qurollaridan foydalanib kelgan?
2. Mezolit davri texnologik to’ntarishining yuragi nima kashf etildi, uning ahamiyati naimada?
3.Ishlab chiqarishning neolit texnologik taraqqiyotida olimlar qanday madaniyatlarni ajratdilar? Ularning joylashgan o’rnini tartib bilan sanang
4. Antik davrda texnologik ishlab chiqarish usulining yadrosini nima tashkil etgan? Bu lokal sivilizatsiyalar taraqqiyotiga qanday ta’sir etdi?
5. Ilk sivilizatsiyalarning energetik resusrlari nimalardan iborat?
6. Qadimgi dunyoda ekologik tushkinliklarning qanday sabablari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |