Takrorlash uchun savollar Qadimgi sivilizatsiyalarda qaysi omillar ta’siri ostida insonning ijtimoiy potensiali ochiladi?
Birinchi uch sivilizatsiya davomida qanday va nima uchun oilani funksiyasi o’zgardi?
Qadimgi jamiyatlarda inson ehtiyojlari tuzilmasi va darajasida qanday o’zgarishlar yuz berdi?
Birinchi sivilizatsiyalar davomida insonning bilim va ko’nikmalari qaysi omillar ta’siri ostida rivojlandi?
Qadimgi jamiyatlarda inson manfaatlari va faoliyat motivlarini rivojlanishiga yordam bergan, asosiy omillarni ayting.
Mustaqil ish mavzulari 1. Oilaning genezisi va uning funksiyalari.
2. Inson faoliyatining motivlari.
3. Ilk ilmiy bilimlarni yuzaga kelishi.
Mavzuni o’rganish metodlari
Mavzuni mustahkamlashda “Pinbord” usulini qo’llash mumkin. “Pinbord” (inglizcha: pin-mustahkamlash; board-doska).Bu o’qitish usulining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib kеtadi. Uning afzallik funktsiyalari-rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir. Talaba(magistrant)larda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Dars davomida uni 5 bosqichda amalga oshirish mumkin: 1.Tayyorlov. Bunda o’qituvchi bahs uchun mavzu tanlaydi, qiziqiziqtiruvchi savol va asosiy fikrlarni shakllantiradi 2.Yangi mavzuni ishlash. Bunda o’qituvchi pinbord usulini tushintiradi, mavzu yuzasidan o’z mulohazalarini bildiradi. Munozara boshlanishi oldindan tayyorlangan savollar bilan talabalrga murojaat qiladi. 3. O’z xulosalarini yozma bayon etib borish.Bunda o’qituvchi asosan kuzatadi. Talaba(magistrant)lar esa munozara davomida shakllangan bilimlarini asosiy xulosalar ko’rinishida qog’oz varag’i yoki kartochkaga yozib doskaga ilib qo’yadilar. 4. Umumlashtirish. Bu bosqichda o’qituvchi maslahat va tavsiya orqali majbur qilmasdan ko’mak berishga harakat qiladi. Talaba(magistrant)lar esa o’z gurularining bir necha a’zolari bilan maslahatlashgan holda mazmuniga qarab ma’lumotni tartiblaydilar va guruhlarga bo’ladilar. Bayon etilgan fikrlarni chiziqlar yoki strelka yordamida ularning o’zaro munosabatini :bir butun yoki qarama-qarshi nuqtayi nazarlarni shakllantiradilar. 5. Yakun yasash, tahlil qilish va natijalarni baholash .Bu bosqichda o’qituvchi talabalar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.Talaba(magistrant)lar esa o’z-o’ziga baho berishni amalga oshirishlari mumkin. Dars davomida munozara hosil qilish uchun quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin. 1.Birinchi uch sivilizatsiyalar - qadimgi jamiyatlarda insonda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? 2.Birincha uch sivilizatsiya davomida insonda bioijtimoiy mavjudot sifatida qanday o’zgarishlar bo’ldi? 3.Qadimgi jamiyatlar odamlari qobiliyat va ehtiyojlarining oshishi