O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet30/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

QADIMGI JAMIYATLAR ODAMI

Jamiyatdagi barcha o’zgarishlarning ildizini, uning boshlang’ich bo’linmas atomi – insonda, uning ehtiyojlari va ko’nikmalari, faoliyatining motiv va manfaatlarining o’sishidan izlash lozim.


Birinchi uch sivilizatsiyalar - qadimgi jamiyatlarda insonda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?
Homo sapiens kuchlarini o’sishi va ularni taraqqiyoti. Zamonaviy odamning shakllanishi paleolit nihoyasida tugallandi. Etnograflar va tarixchilarning tasdiqlashicha odamni biologik tip sifatida rivojlanishi tugallangan. Yaratilgan jamiyat sharoitida turni paydo qiladigan kuch sifatida biologik tanlov qonuni to’la amalga oshib bo’ldi, lekin odamning biologik evolyutsiyasini to’xtagani to’g’risidagi xulosalar xatodir; Biror bir urug’ yoki tur bunday evolyutsiyani najotsizlikka tushib qolish xavfi ostida va atrof muhitni keskin o’zgartirish natijasida o’zining mavjudligini ta’minlashi mumkin emas. Tarixiy vaqtga qaraganda biologik vaqtning ohangi anchagina sekinroq va bir necha ming yillar davomida to’planib qoladigan biologik turdagi o’zgarishlar, sakrash fursati sezilmasligi, ko’rinmasligi mumkin. Haqiqatdan vorisiylik va o’zgaruvchanlik bioijtimoiy genotip, ijtimoiy boshlanish, ijtimoiy dinamika va genetika qonuniyatlarini roli oshadi.
Birincha uch sivilizatsiya davomida insonda bioijtimoiy mavjudot sifatida qanday o’zgarishlar bo’ldi?
Bu davrda bosh miyani hajmi va massasi sezilarli o’zgarmadi, lekin uning tuzilishi murakkablashdi. Bunga bir tomondan uning faoliyat turlarini kengayishi va ko’payishi, qayta ishlanadigan va beriladigan axborotni ko’p marta o’sishi sabab bo’ldi. Boshqa tomondan inson iste’mol qiladigan oziq-ovqatni xilma-xilligining ko’payishi, miya faoliyatini faollashtiradigan ovqatda oqsil mahsulotlaridan va vitaminlardan foydalanish kengaydi.
Bu yerda asosiy yutuq, ikkinchi signal tizimini o’zlashtirilishi, atrof dunyoni qabul qilish qobiliyati, uning imkoniyatlari va taxdidlarini nafaqat bevosita qabul qilish, balki so’z yordami bilan – dastlab og’zaki (bunday qabul qilishni ibtidoiy ko’rinishi ba’zi oliy mavjudotlar - maymunlar va delfinlarda kuzatiladi) keyin esa u ramzlar yordamida yozma bo’ldi.
Bu keyingi avlodni tirik qolishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash va uzatish imkoniyatini kengaytirdi, inson miyasini chap yarim shari funksiyasini o’sishiga yordam berdi. Shu bilan bir vaqtda inson aqliy qobiliyatlarining differensiyasi kuchaydi. Zakovat potensiali neolit jamiyatida nisbatan sezilari bo’lmagan aql – zakovat antik jamiyatda sezilarli hajmlarda o’sdi.
Insoniyatning jismoniy tuzilishi ming yillar davomida sezilarli o’zgarmadi. Odamning bo’yi hozirgidan ko’ra past bo’lgan. Antropolog olim M. M. Gerasimovning rekonstruksiyasiga ko’ra neolit odamining tashqi qiyofasi hozirgidan amalda farq qilmagan. Faqat, eramizdan avvalgi 30-25 ming yilliklarda uch katta irq – mongoloid (Osiyo - Amerika), negroid, avstraloid (ekvatorilal) va evropoid (Yevropa - Osiyo) shakllandi. Ularning orasida oraliqdagi va aralash (gibrid) tiplar mavjud.
Lekin irqlardagi farqlar genetik kodda qo’yilgan va ko’pgina bir xil bo’lmagan tabiiy yashash sharoiti bilan bog’liq bo’lgan farqlar turli irqlarning vakillarini aqliy va jismoniy qobiliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Odamning evolyutsiyasi va uni qayta ishlab chiqarish oila orqali amalga oshadi. Uning funksiyalari va ahamiyati uch sivilizatsiya davomida jiddiy o’zgardi va ancha o’sdi. Oilaning biologik funksiyasi insoniyat urug’ini kishilar avlodlar almashuvi asosida davom ettirishdir. Odatda oila uch aralash avlodni birlashtiradi: faol harakat qiladigan (kattalar), yetishib keladiganlar (bolalar), ketadiganlar (qariyalar) dir.
Bir – birini qo’llab quvvatlash va to’ldirish asosida ular jamiyatning ilk bug’inida qayta ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydilar. Mezolit va neolit davrida ochlikdan, kasalliklardan, (ba’zida butun – butun oilalar, urug’lar o’lib ketar edi) dushman qabila – urug’lar bilan to’qnashuvlardan, tabiat ofatlaridan odamlarning o’limi yuqori darajada edi. Odamlarning hayot kechirishini davomiyligi 25-35 yoshni tashkil qilib, avlodlar almashuvnining tebranishi 15-20 yilni tashkil qilar edi. Keyingi sivilizatsiyalar davrida hayotni davomiyligi birmuncha uzaydi.
Ochlik va kasallilardan o’lim kamaydi, lekin harbiy to’qnashuvlarda halok bo’lganlar soni keskin o’sdi. Ikkinchi va uchinchi sivilizatsiyalarda aholining anchagina qismi qullar edi, odatda ular oila qurish imkoniyatidan mahrum edilar, ularning umri ham qisqa edi – bu esa aholini o’sishiga salbiy ta’sir qilar edi. Aholining zichligi daryo va qirg’oq bo’ylaridan tashqari juda past bo’lib, uni o’sishi juda sekin edi, Hisoblarga ko’ra 4.5 ming yil davomida, 7000 yildan 2500 yilgacha Yerning aholisi bor yo’g’i 4 marta – 10 mlndan 40 mlngacha o’sdi. Keyingi 2.5 ming yil, jez va temir asrining boshlarida aholining tabiiy ko’payishi surati ancha o’sdi. Aholi soni yangi era boshida 160 mln kishiga yetdi, lekin qadimgi jamiyatning tushkunligi davrida aholini o’sish surati yanada sezilarli pasaydi.
Insonyatning bunday soni biosferaga jiddiy ta’sir ko’rsata olmas edi, lekin aholi zich joylashgan hududlarda insoniyatning faoliyati salbiy ekologik oqibatlarga olib keldi (yerning eroziyasi, sug’oriladigan yerlarning sho’rlanib ketishi, o’rmonlarni kesilib ketishi, yovvoyi hayvonlarning ayrim turlarini yuqolib ketishi).
Dehqonchilik xo’jaligiga o’tish natijasida oilaning iqtisodiy funksiyasi keskin o’sdi. So’ga va plug dehqonchiligi asta – sekin jamoa doirasida alohida oilalarni mashg’uloti bo’lib qoldi. Plug dehqonchiligini rivojlanishi vaqtidan dehqonchilik mehnati ayollarining qo’lidan erkaklarga o’tdi va erkak – oilani boshlig’i bo’ldi. Yetishtirilgan mahsulot jamoa a’zolari o’rtasida taqsimlanmaydigan bo’ldi, mulk esa otadan uning o’g’illariga meros qoladigan bo’ldi. Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulk asoslari shaklana boshladi.
Jamiyat iqtisodiy tuzulmasining ilk to’qimasi bo’lgan oilada inson jamiyatlar asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida qayta ishlab – chiqarila boshlandi. Oilada asosiy dehqonchilik, chorva, hunarmandchilik, shaxsiy ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib, uy – xo’jaligi olib borildi. Faqat bir qism mehnat operatsiyalari va maxsulotlari jamoa mulki edi. Oilani ichida mahsulot ayirboshlash yo’q edi, natural ayirboshlash mavjud bo’lib, ishlab – chiqarilgan mahsulot teng taqsimlanar edi.
Jez davrida, asosan antik davrda iqtisodiy ajralish va oilalarning mulkiy tabaqalanishi kuchaydi. Mulkdor va qashshoq oilalar, va qullar paydo bo’ldi. Erkin jamoachilar, hunarmandlar asosiy soliq to’lovchilar edi. Antik davrning so’ngida qul mehnati samarasiz bo’lib qoldi. Qullarga oila qurishga, yer-mulkka egalik qilishga ruxsat etildi.
Rim imperiyasida kelgusi feodal yer egaligining asosi - kolonat vujudga keldi.
Asta – sekin oilaning ijtimoiy-funksiyasi o’sa boshladi. O’sib borayotgan avlod oilada tarbiya oldi. Bola yuz yillar davomida to’plangan ko’nikma va malakalarni oiladan oldi. Oila ijtimoiy genotipni saqlaydigan va meros qilib beradigan asosiy bo’gin edi. Jamiyatda tabaqalanish kuchayishi bilan sinflar, qatlamlar, toifalarning paydo bo’lishi bilan oila yordamida mavjud ijtimoiy farqlar merosiy uzatildi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish