O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi



Download 356,97 Kb.
bet94/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171
Bog'liq
IPK

4-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi
192-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddat o‘tgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 186, 187, 190-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.
193-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida ariza berishi mumkin.
Arizada ijrosi ta’minlanishi zarur bo‘lgan hal qiluv qarori va uni ta’minlash to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 192, 194-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
194-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, ushbu Kodeksning V bo‘limida nazarda tutilgan tartibda ijroga qaratiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 192 — 194, 334 — 347-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish