O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish



Download 356,97 Kb.
bet96/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171
Bog'liq
IPK

197-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish
Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 99-moddasining to‘rtinchi qismi, 106-moddasining ikkinchi qismi, 108-moddasining uchinchi qismi, 111-moddasining ikkinchi qismi, 126-moddasining to‘rtinchi qismi, 128-moddasining birinchi qismi.
198-modda. Ajrimni ijro etish
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 195 — 197, 199, 200-moddalari.
199-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Boshqa ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi e’tirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan qilingan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qo‘shib qo‘yilishi mumkin.
Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 195 — 198, 200-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 25.07.2003-yildagi “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 111-sonli qarori 13-bandining 2-xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori 19-bandining 2-xatboshisi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish