Mavzu: Tashqi savdo operatsiyalari



Download 0,53 Mb.
Sana28.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#613484
Bog'liq
1489734212 65851

Mavzu: Tashqi savdo operatsiyalari


Mustaqil ish

Reja : 1. Tashqi savdo siyosati 2. Bojxona to`lovlari va ularning turlari 3. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari


Tashqi savdo operatsiyalari

Davlat boji tegishli harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pul yoki pulsiz shaklda to`lanadi. Davlat boji tushumlari bo`yicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o`zlari joylashgan yerdagi soliq organlariga yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning o`ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Davlat boji ayrim hollarda qisman yoki to`liq qaytarilishi mumkin.

  • O`zbekiston Respublikasida davlat ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadigan yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi.
  • Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O`zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini tashkil etish, tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlash, iqtisodiyotning rivojlanishini rag`batlantirish, ichki bozorni himoya qilish hisoblanadi. Bu maqsadlarni ro`yobga chiqarishda bojxona to`lovlari muhim rol o`ynaydi.

Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o`tishda va Bojxona kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to`lovlari undiriladi:
-bojxona boji;
-qo`shilgan qiymat solig`i;
-aksiz solig`i;
-litsenziya berganlik uchun yig`im;
-bojxona rasmiylashtiruvi bo`yicha mutaxassis degan malaka attestati berganlik uchun yig`im;
-bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im;
-dastlabki qaror qabul qilganlik uchun haq;
-tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun yig`im;
-qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to`lovlar..

Bojxona to`lovlari va ularning turlari, stavkalarini qo`llash va hisoblash tartibi O`zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to`grisida”gi qonuni va Bojxona kodeksida belgilab berilgan. Boj tarifi-bojxona chegarasidan olib o`tiladigan tovarlarga nisbatan qo`llaniladigan boj stavkalari to`plamidir. Bojxona boji - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o`tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to`lov. O`zbekistonda import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, dempingga qarshi, kompensatsiya) bojlari qo`llaniladi.

  • Bojxona tarifini qo`llash va to`lovlarini hisoblab chiqarish asosida tovarlarning bojxona qiymati yotadi. Shuning uchun bojxona qiymatini aniqlash muhim jarayon hisoblanadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim shakllaridan biri —

  • tashqi savdo bo‘lib, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tashkil etish,
  • boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun
  • tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvinioldi-sotdi va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish
  • mumkin.
  • Tovarning bojxona qiymati-bu bojxona boji va bojxona boshqa to`lovlarini undirishda asos qilib olinadigan tovar qiymatidir. Bir tovar turli mamlakatlarda turlicha narxlarda sotiladi va sotib olinadi. Bojxona rasmiylashtiruvi va to`lovlari uchun narxlarni bir xillashtirish zarur bo`ladi.
  • Tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlash maqsadlari quyidagilar :
  • -bojxona boji va yig`imlari, jarimalar, soliqlar va boshqa to`lovlarni hisoblashda real, haqiqiy bazani (asosni) aniqlash;
  • -tovarlar qiymatini sun’iy kamaytirish yoki ko`paytirish hollarini bartaraf etish;
  • -bojxona statistikasini yuritish;
  • -valyuta nazoratini amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni to`plash va tahlil qilish.

Jahonda tovarning bojxona qiymatini aniqlashga umumiy yondashuvni ta’minlash maqsadida tovarning bojxona qiymatini aniqlash xalqaro tizimi ishlab chiqilgan va 1950 yildan boshlab amal qilib kelmoqda.

  • O`zbekiston Respublikasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi “Boj tarifi to`grisida” gi qonunda belgilab berilgan.
  • Bojxona to`lovlari quyidagicha hisoblab chiqariladi:
  • Bt=(Tbq·Ts ):100,
  • buyerda: Bt-bojxona to`lovi summasi;
  • Tbq-tovarning bojxona qiymati;
  • Ts- to`lov stavkasi.

Misol.

  • O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasida Rossiyadan keltirilayotgan bir vagon gugurtni rasmiylashtirish kerak. Mazkur gugurtning kontraktga ko`rsatilgan umumiy qiymati 6150,0 ming so`mni, bojxona maskanida hisoblab chiqarilgan bojxona qiymati esa 6300,0 ming so`mni tashkil etadi. Gugurtni import qilish bilan bog`liq quyidagi bojxona to`lovlari aniqlanadi va undiriladi:
  • bojxona olib kirish boji-gugurt uchun uning stavkasi 20 foiz, summasi (6300,0∙20):100=1260,0 ming so`m;
  • aksiz solig`i – uning stavkasi (gugurt uchun) 30 foiz, summasi (6300,0∙30):100= 1890,0 ming so`m;
  • qo`shilgan qiymat solig`i – uning stavkasi (hamma tovarlar uchun) 20%, summasi (6300,0+1260,0+1890,0)∙20:100=1890,0 ming so`m;
  • bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im-u eng kam ish haqining to`rt barobari miqdorida belgilangan.

Xulosa:

  • Xulosa:
  • Bojxona to`lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilungunga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda deklarant tomonidan to`lanadi. Bojxona to`lovlari bojxona organiga, xalqaro pochta jo`natmalarida yuborilgan tovarlar uchun to`lovlar esa aloqa korxonalariga to`lanadi.
  • Adabiyotlar :
  • 1. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasi to’g’risidagi axborotnomasi 1997 y. 2-son 36-modda.
  • 2.Davlat boji to’g’risida Qonun 1992 y. 9 dekabr.
  • 3.Mirinskiy B.A. Raxmonqulov A.X. Chinniboev X.J. O’zbekiston Respublikasi xuquqini muxofaza organlari . Toshkent 2005 y.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish