O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni



Download 356,97 Kb.
bet104/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171
Bog'liq
IPK

207-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) aniqlanishi talab qilinayotgan fakt;
Oldingi tahrirga qarang.
2) mazkur fakt iqtisodiyot sohasida yuridik oqibatlar keltirib chiqarishi nazarda tutilgan qonunchilik hujjati normalari;
(207-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) ushbu faktni aniqlash zarurligining asosi;
4) arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash imkoni yo‘qligini tasdiqlovchi dalillar.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 149, 151, 204 — 206, 208, 209-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 5-bandi.
208-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar arizachi va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘riladi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori o‘z huquqlariga daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan manfaatdor shaxslar doirasini aniqlaydi, ish yuritish to‘g‘risida ushbu shaxslarni xabardor qiladi, ularni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabar qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud qonunchilikda ushbu faktni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan-tutilmaganligini, arizachida zarur hujjatlarni olish yoki tiklash uchun boshqa imkoniyat bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshiradi, arizachi iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirishi munosabati bilan ushbu fakt uning uchun yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan oqibatlarni keltirib chiqarishini yoki chiqarmasligini belgilaydi, talab etilayotgan faktning aniqlanishi boshqa shaxslarning huquqlariga ta’sir etishi yoki etmasligini, huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan-chiqmaganligini aniqlaydi.
(208-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasida huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa, sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi arizani ko‘rmasdan qoldiradi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ajrimda arizachiga va ish bo‘yicha boshqa manfaatdor shaxslarga ularning sudga da’vo tartibida murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 204 — 207, 209-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 6 — 21-bandlari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish