O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar



Download 356,97 Kb.
bet103/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171
Bog'liq
IPK

205-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar
Sud yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning iqtisodiyot sohasidagi huquqlarining yuzaga kelishi, o‘zgartirilishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlaydi.
Sud:
yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ko‘chmas mulkka o‘z xususiy mulki sifatida egalik qilishi va undan foydalanishi faktini;
yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ma’lum vaqtda va ma’lum joyda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi faktini;
agar yuridik shaxsning hujjatda ko‘rsatilgan nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi yuridik shaxsning ta’sis hujjatida ko‘rsatilgan nomiga, yakka tartibdagi tadbirkorning pasportida yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan familiyasiga, ismiga, otasining ismiga to‘g‘ri kelmasa, iqtisodiyot sohasida amalda bo‘lgan huquqni belgilaydigan hujjatning yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tegishliligi faktini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni ham, agar qonunchilikda ularni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, aniqlashi mumkin.
(205-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 204, 206 — 209-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 1, 2 bandlari.
206-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga, faqat o‘zida ushbu faktlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni olish yoki tiklash imkoni bo‘lmagan taqdirda va, agar qonunchilikda tegishli faktlarni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, haqlidir.
(206-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza arizachining joylashgan eri yoki yashash joyi bo‘yicha sudga beriladi, bundan ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga oid yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalar hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlar mustasno bo‘lib, ular ko‘chmas mulk joylashgan erdagi sudga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 204, 205, 207 — 209-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 5-bandi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish