3-§. Sudning hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyingi harakatlari 186-modda. Hal qiluv qarorini e’lon qilish Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi e’lon qilinadi, bu qism sudya tomonidan imzolanishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Hal qiluv qarori besh kun ichida to‘liq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Raislik qiluvchi hal qiluv qarorining xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tuzish va ularga yuborish muddatini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi, 13-bandining oltinchi xatboshisi. 187-modda. Hal qiluv qarorining o‘zgarmasligi Ish bo‘yicha hal qiluv qarori e’lon qilinganidan so‘ng hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning o‘zi uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli emas, bundan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mustasno.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 186, 187, 189-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining uchinchi xatboshisi. 188-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini sud topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmasdan yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, sud hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176— 179-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 21.2-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari.