O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Bayonnoma yuritish



Download 356,97 Kb.
bet99/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   171
Bog'liq
IPK

202-modda. Bayonnoma yuritish
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining o‘zida yoki alohida protsessual harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi.
Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat bajarilganidan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 4-moddasining to‘rtinchi qismi, 52-moddasining birinchi qismi, 70-moddasining beshinchi, oltinchi qismlari, 172-moddasining ikkinchi qismi, 174-moddasining birinchi qismi, 195-moddasining uchinchi qismi, 201, 203-moddalari.
203-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki undagi ma’lumotlarning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishga haqli.
Bayonnoma yuzasidan berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qo‘shilsa, ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda sud majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi.
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq ularning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o‘tkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari bilan tanishish huquqiga ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlarining ko‘chirma nusxalari iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilariga ishni ko‘rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 201, 202-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish