22-bob. Sud ajrimi va qarori
195-modda. Ajrim chiqarish
Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi.
Ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, sudning ajrimi alohida sud hujjati tarzida chiqariladi.
Uncha murakkab bo‘lmagan masalalarni hal qilishda sud joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va unda u qaysi masala yuzasidan chiqarilgani, sud o‘z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 5-moddasi, 11-moddasining to‘rtinchi qismi, 23-moddasining yettinchi qismi, 39-moddasining uchinchi qismi, 44-moddasining yettinchi qismi, 45-moddasining uchinchi qismi, 46-moddasining uchinchi qismi, 57-moddasining ikkinchi qismi, 69-moddasining to‘rtinchi qismi, 70-moddasining ikkinchi qismi, 79-moddasining uchinchi qismi, 106-moddasining birinchi qismi, 108-moddasining birinchi qismi, 111-moddasi, 123-moddasining ikkinchi qismi, 126-moddasining uchinchi qismi, 134-moddasining ikkinchi qismi, 144-moddasining ikkinchi qismi, 158-moddasining uchinchi qismi, 159-moddasining uchinchi qismi, 162-moddasi, 171-moddasining to‘rtinchi qismi, 196 — 200-moddalari.
196-modda. Ajrimning mazmuni
Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
(196-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
Oldingi tahrirga qarang.
4) sud o‘z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonunchilik hujjatlari;
(196-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa;
6) agar qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud majlisida chiqarilgan ajrim chiqarilganidan keyin raislik qiluvchi tomonidan shu sud majlisining o‘zida darhol o‘qib eshittiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 5-moddasi, 195, 197 — 200-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |