O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

270 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi
ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
chog‘ida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning
(harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa,
tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan
mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim
1
2
3
3
4


qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi.
270 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish
bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv
qarori ushbu Kodeksning 
23-bobida
 belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik)
qonunchilikka zid ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb
yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
(270 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik)
qonunga muvofiq ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida
hal qiluv qarori qabul qiladi.
Da’vo arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat
birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi,
nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
2) nizolashilayotgan qarorning to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning
(harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud
tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning
zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud
da’vogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini
boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(270 -moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish