qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi.
270 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish
bo‘yicha sudning hal qiluv qarori
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha
hal qiluv
qarori ushbu Kodeksning
23-bobida
belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik)
qonunchilikka zid ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb
yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
(270 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik)
qonunga muvofiq ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida
hal qiluv qarori qabul qiladi.
Da’vo arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat
birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir
etgan mansabdor shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi,
nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
2) nizolashilayotgan qarorning to‘liq yoki qisman haqiqiy
emas deb yoki harakatlarning
(harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud
tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning
zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud
da’vogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini
boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(270 -moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Do'stlaringiz bilan baham: