O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

461-modda. Alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha pul summalarini
undirish to‘g‘risidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi,
alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik,
shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi
ishlar bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati da’vogar
bergan soxta ma’lumotlarga yoxud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan bo‘lsa, sud
hujjatining qaytarma ijrosiga yo‘l qo‘yiladi.
462-modda. Yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash
Yo‘qolgan ijro ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishini
yuritish taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning arizasiga ko‘ra, shuningdek ijro hujjatini
bergan sudning yoki boshqa organning tashabbusi bo‘yicha tiklanishi mumkin.
Yo‘qolgan ijro ishini yuritish to‘liq tiklanadi yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan
qismi tiklanadi.
Yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza sud hujjati ijro etiladigan joydagi sudga
beriladi.
Arizada ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Arizachida saqlanib
qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari arizaga
ilova qilinadi.
Sud ishni ko‘rayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo‘qolguniga
qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma
nusxalaridan, shuningdek ijro ishini yuritishga daxldor bo‘lgan boshqa ma’lumotnomalar va
hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan yoki hozir bo‘lgan shaxslarni guvoh
sifatida so‘roq qilishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud ajrim chiqaradi, uning ko‘chirma nusxalari ijro
ishining taraflariga va davlat ijrochisiga yuboriladi.
To‘plangan materiallar yo‘qolgan ijro ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud
ajrim chiqarib, ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni tugatadi. Bu holda
arizachi umumiy tartibda da’vo taqdim etishga haqli.
Arizachi yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilishi chog‘ida sud
tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud
xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-
son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son;


23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son, 11.03.2020-y.,
03/20/607/0279-son, 11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son; 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son; Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825, 17.09.2021-y.,
03/21/716/0877-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish