Har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida qilingan har bir
alohida protsessual harakat to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
277-modda. Bayonnoma mazmuni
Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni
amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida
quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil, oy, kun va joy;
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;
3) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud
majlisining kotibi;
4) ishning nomi va raqami;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko‘maklashayotgan shaxslarning
kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va
majburiyatlarini tushuntirganligi;
7) ushbu moddaning
5-bandida
ko‘rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qog‘ozlari va boshqa
xabarnomalar topshirilganligi to‘g‘risidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari
haqidagi ma’lumotlar;
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga)
chiqmasdan chiqargan ajrimlari;
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;
10) sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari,
mutaxassislarning maslahatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari,
ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy
va yozma dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar;
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud
majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda to‘xtovsiz
yozib boriladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi
bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qo‘shib
qo‘yiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida
ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda ko‘maklashayotgan sudning nomi
haqidagi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga
ko‘maklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishiga ko‘maklashayotgan sudning va ishni
ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimlari haqidagi
ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: