O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

266-modda. Darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari
Sudning quyidagi:
1) alimentlar undirish to‘g‘risidagi;
2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi;
3) mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek
boquvchisi vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lovlar undirish
to‘g‘risidagi;
4) mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy
ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat
shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;
5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish
muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki
uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi;


6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar da’voni butunlay yoki qisman tan
olganligiga qarab, to‘liq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv
qarorlari darhol ijro etilishi kerak.
267-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yo‘l qo‘yish huquqi
Sud quyidagi: hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yishi
mumkin:
1) da’vogar va javobgar chiqarilgan hal qiluv qaroriga hamda uning darhol ijro etilishiga rozi
bo‘lgan hollarda;
2) muallifning intellektual faoliyati natijalaridan foydalanganlik uchun unga haq undirib
berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori;
3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun ko‘p
zarar keltirishi mumkin bo‘lgan yoki ijro etish mumkin bo‘lmay qolgan barcha boshqa ishlar
bo‘yicha.
Ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida
 ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha darhol ijro etilishiga
yo‘l qo‘yilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar
taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda bayon etilgan bo‘lsa, bu arizalar ishga
qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 
3-bandida
 ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha darhol ijro etilishiga
yo‘l qo‘yilganida sud da’vogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, hal qiluv qarorining
qaytarma ijrosini ta’minlashni talab qilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati ichida hal qiluv qarori chiqarilganidan
so‘ng hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi
shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq ushbu shaxslarning
kelmaganligi darhol ijro etish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim
chiqariladi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudning ajrimi ustidan xususiy
shikoyat (protest) berilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan
berilgan xususiy shikoyat (protest) bu ajrimning ijrosini to‘xtatmaydi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish