AMALIY MASHQLAR.
Ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalarni tahlil qilish tartibi.
1. Qaysi yordamchi so`z
2. Ko`makchining qaysi kelishik shaklidagi so`z bilan kelishi.
3. Bog`lovchining ma`nosi va turi
4.Yuklamaning ma`nosi va tuzilishiga ko`ra turi.
Namuna; T o`g`risi ham Hasanalining bu kelishi Ziyo aka ucchun yot bir ish edi.(A.Qod.) Inson va butun jonivorlar shunga iqror.-sen-chi?(A.Q.)
Uchun- ko`makchi, sof ko`makchi, bosh kelishikdagi so`zni tobelagan.
Va-bog`lovchi, teng bog`lovchi, biriktiruv bog`lovchi si, yakka bog`lovchi.
-chi - yuklama, affiks yuklama, so`roq yuklamasi.
41-mashq. Yordamchi so`zlarni topib, ma`no jihatidan turlarini aniqlang.
1. -Kutilmagan bir baxt- dedi va o`zining otidek bir narsaning
tovish kabi qilib kulib yubordi.(A.Qod.) 2. O`g`lim, hali san eshitdingmi, yo`qmi, haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib qo`ydik.(A.Qod.)3. Bu uy, bu tashvish hatto darvozada kutib turgan uch nafar suvoriyni ko`rganda ham xayolidan ko`tarilmadi.(O.Yo.)
4. Ibnsof kerakku -ya. Lekin, bunaqa fursat lar kam uchraydi.(Ch.)5. Tomoshani-ku, ko`rib maza qildi.Ayni choqda tomosha nima bilan tugashini fahmlab javoblarini ham puxtalab qo`ydi.(T.Mal.) 6. Yaxsh i aytib qo`yaman.Lekin... o`rtog`ingizni so`roqqa chaqirishga to`g`gri keladi-da . (T.Mal.)7. Avval tuzalsin-chi ?U tuzalishi mumkindir ammo o`g`li tirilmaydi-ku? Yo tiriltirish qo`lingizda keladimi?(T.Mal.) 8. U eshikdan kirishi bilan opasi bo`yniga osilib yig`ladi va oshxonaga olib kirdi.(A.Q.) 9. E-ha, sening bu tilagingni o`rbnlatmoq uchun
men bir umr mehnat qilmog`im kerak-ku!(P.Q.)10. U bir mufddat dadasining o`t chaq nayotgan ko`zlariga ma`yus boqib turdi-da bitta- bitta bosib yo`lak tomonga yurdi. (S.A.) 11. Nahotki podshoh Bobur sen bo`lsang?! Ha, men podshoh edim! - -hozir-chi? (P.Q.)
72 s. MODAL SO`ZLAR HAQIDA MA`LUMOT
Fikrning voqelikka bo`lgan munosabatini ifodalab, modal ma`no bildiradigan so`zlar modal so`zlar deyiladi. Modal so`zlar gapning biror bo`lagiga, shuningdek butun gapga taalluqli bo`lib gapda kirish so`z vazifasini bajaradi. Modal so`zlar mustaqil va yordamchi so`z orasidagi turkumlardan bo`lib, ma`no ifodalamasligi jihatidan yordamchi so`zlarga
yaqin, gapdagi grammatik o`rni, grammatik ma`nosi va grammatik vazifasiga ko`ra mustaqil so`zlarga yaqindir.
Modal so`zlar morfologik jihatdan o`zgarmasligi bilan harakterlanadi. Modal so`zlar gap bo`laklari bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydi. Modal so`zlar quyidagi modal ma`nolarni bildiradi:
1. Fikrning aniqligini bildiradi: albatta, tabiiy, darhaqiqat, haqiqatan, shubhasiz.Buni saltanat kichikligida tushunmasdi, albatta. (O`.U.)
2. Fikrning noaniqligini bildiradi: ehtimol, chamasi, aftidan, shekilli, balki, chog`i kabi. Yo yaxshi turmushga haqqi yo`qmi, bu qizlarning? men haqqi yo`q demadim, shekilli ? (O.Yo.)3. Mavjudlik va tasdiq bildiradi: bor, mayli, xo`p. Odamlar bor, og`zidagini oldirib o`tiradi.(O`.U.) -Mayli, tog`a, sen bir narsani bilib aytayotgandirsan. (S.A.)
Menga yomonlikni ravo ko`rmaysan- ku. Xo`p. (S.A.)4. Afsuslanish, ajablanish, xursandlikni bildiradi: attang, ajabo, xayriyat,afsus esiz. Afsuski, yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan. (S.A.) 5. Fikrga munosabat, umumlashganlik yoki tartibni bildiradi: demak , xususan, jumladan, masalan, xullas, binobarin, zero, zotan, chunonchi, birinchidan, ikkinchidan. Xullas, volidai muhtaramamizning iltimoslari rad etilurmu? (P.Q.) Demak, bu qiz uni surishtirgan, kimligini bilmoqchi bo`lgan(S.A.)6. Fikrni eslash ma`nosini bildiradi: aytganday, darvoqe, aytmoqchi. Ha aytgancha, dadam Nizomga Dildordan xat keldi, deb aytib keldilar tinch ekanmi? (S.A.) 7. Mavjud emaslikni bildiradi: yo`q. Yo`q haqiqat hech qachon o`z-o`zidan yuzaga chiqmagan. (O`.U.)
Modal so`zlar gapda kirish so`z bo`lib keladi. Biroq, bor, yo`q, ehtiimol, chamasi, albatta, shubhasiz, xo`p, mayli, ajabo kabi modal,so`zlar so`z- gap holida ham qo`llaniladi. -Voajabo! -dedi u bo`g`ilib. (O.Yo.)Xurshida bonu sekin bosh chayqadi: -yo`q... (O.Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |