O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir


s. BOG`LOVCHILAR HAQIDA MA`LUMOT



Download 445,48 Kb.
bet97/149
Sana06.06.2022
Hajmi445,48 Kb.
#642519
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149
Bog'liq
HO\'AT. 2003. S.Rahimov, B.Umurqulov

70 s. BOG`LOVCHILAR HAQIDA MA`LUMOT

So`zlar va qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lash uchun qo`llaniladigan yordamchi so`zlar bog`lovchilar deyiladi. Bog`lovchi so`zlar va gaplar o`rtasidagi munosabatlarni ta`minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so`zga qo`shilgan holda ham biror gap bo`lagi bo`lib kelmaydi. Bog`lovchilar qo`llanishiga kora ikki xil: Yakka bog`lovchilar , takrorlanuvchi bog`lovchilar.


Yakka bog`lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, shuning uchun kabi. Takrorlanuvchi bog`lovchilar nutqda
takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, ba`zan, bir, na (yo, yoki bog`lovchilari yakka holda ham ihlatiladi). Yo boshiga tushgan tashvish bilan bo`lib shogirdini chaqirgani yodidan ko`tarildimikan? (O.Yo.)
Bog`lovchilar gap bo`laklari va gaplarni qay tarzda bog`lashiga ko`ra ikki xil: teng bog`lovchilar, ergashtiruvchi bog`lovchilar. Teng bog`lovchilar gap bo`laklari va gaplarni grammatik jihatdan tenglanish asosida bog`laydi. Teng bog`lovchilarning quyidagi turlari bor: birikiruvchi bog`lovchilari, zidlobv bog`lovchilari, ayiruv bog`lovchilari, inkor bog`lovchisi.
Biriktiruv bog`lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog``lovchilar uyushiq bo`laklarni va gaplarni bog`laydi. Masalan, xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta`zim qilish odat tusiga kirib qolgan.(P.Q.) Bu bog`lovchilar o`rnida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. Haligi yigit boshini ko`tarib Saidiyga bir qaradi-da, yana o`z ishi bilan mashg`ul bo`ldi. (A.Q.)
Zidlov bog`lovchilari: ammo, lekin, biroq. Bu bog`lovchilar mazmunan bir-biriga zid qo`yilgan gap va gap bo`laklarini bog`laydi. Tavba ! oradan shuncha yil O`tib ketibdi, lekin unutmabdi. (O`. U.)
-u, -yu yuklamalari zidlov bog`lovchisi vazifasida qo`llaniladi. Ozroq mizg`ib olmoqchi bo`ldi-yu, tanasining zirqirqb og`riganidan ko`zi ilmadi.(S.A.)
Ayiruv bog`lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba`zan, bir. Bu bog`lovchilar asosan takrorlangan holda qo`llanilib, gap bo`laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galma-gal yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni bog`lash uchun qo`llaniladi. Saltanat gohi g`amgin kulimsirab goh xomush beg`ubor qizlik onlarini o`ylar edi.(O`.U.)
Inkor bog`lovchisi: na. Bu bog`lovchi uyushiq b0`lak va gaplarni bo`lihsizlik, inkor mazmuni asosida bog`laydi. Uning qilayotgan ishlarini ko`rib na yaxshi na yomon derdi. (S.A.)
Ergashtiruvchi bog`lovchilar qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lash uchun ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go`yo, go`yoki, garchi, toki, shuning uchun, --ki ,(-kim). Bu bog`lovchilar qo`shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog`laydi. Ergashtiruvchi bog`lovchilar gaplarni mazmunan bog`lashiga ko`ra quyidagicha: aniqlov bog`lovchisi, sabab bog`lovchilari, maqsad bog`lovchisi, chog`ishtiruv bog`lovchilari, shart va to`siqsizlik bog`lovchilari.

Download 445,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish