RAVISHLARNING YASALISHI
Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Morfologik usul ravish yasashda faol usul hisoblanib , ko`proq holat ravishlari shu usul bilan yasaladi. Ravishlar ot, sifat, olmosh, ravish ba`zan fe`l o`zaklardan yasaladi.Quyidagi qo`shimchalar ravish yasovchi qo`shimchalardir:
1. -cha qo`shimchasi ot, sifat, olmosh, fe`l, ravish negizlarga qo`shilib, ravish yasaydi: o`zbekcha, yangicha, o`zicha, yig`laganicha, kulganicha, hozircha,buguncha kabi.
2. - an qo`shimchasi ot, sifat negizlarga qo`shilib ravish yasaydi: vijdonan, qisman, majburan, tasodifan kabi.
3. -lab qo`shimchasi ot, sifat, ravish negizlarga qo`shilib ravish yasaydi: oshlab, tuzlab, yaxshilab, tozalab, ko`plab, tezlab, sekinlab.
4. -larcha murakkab qo`shimchasi ot , sifat negizlarcha qo`shilib ravish yasatydi: mardlarcha, qahramonlarcha kabi.
5. -ona qo`shimchasi ot, sifat negizlarga qo`shilib ravish yasaydi: do`stona, bahodirona, mardona otalarcha kabi.
6. - lay (-layin) qo`shimchasi sifatlarga qo`shilib ravish yasaydi: butunlay, butunlayin, tiriklay, tiriklayin. Bu qo`shimchalar ravish yasovchi -ligicha qo`shimchasi bilan sinonimdir: tirikligicha, butunligicha.
7. - i (-in) qo`shimchasi ot , fe`l, ravish negizlarga qo`shilib ravish yasaydi: qishin, yozin, yashirin, kechir k abi.
8. - day (-dek) qo`shimchasi asosan ot negizlarga qo`shili, harakat yoki holatdagi o``xshashlikni anglatuvchi ravishlar yasaydi: tog`day, muzday, qushday, paxtaday, gulday kabi.
Sintaktik usul bilan qo`shma va juft ravishlar yasaydi. Ikki so`zning o`zaro birikuvidan tashkil topgan ravishlar qo`shma ravishlar deyiladi. Qo`shma ravishlar quyidagicha hosil bo`ladi:
1. O`rin-payt, miqdor ma`nosini bildiruvchi so`zlardan oldin -alla qo`shimchasini keltirish bilan : allavaqt, allamahal, allapayt kabi.
Shu paytgacha to`qayda allaqancha erni shudgor qilib qo`yishdi. (S.A.)
2. Payt va miqdor bildiruvchi so`zlardan oldin bir yoki oz so`zlarini keltirish bilan: bir payt, bir zum, bir mahal, bir talay, oz muncha , birmuncha kabi. Ali Qushchi kaltagina cho`qqi soqolini tutamlab, bir zum tuynukka tikilib qoldi.(O. Yo).
3. O`rin va payt ma`nosini bildiruvchi so`zlardan oldin har, hech, bir so`zlarini keltirish bilan : har joy, har mahal, har lahza., hech qachon? hech vaqt, bir tomon kabi. Bu xotin go`yo necha yildan beri har kun shu ravishda buni kutib umr o`tkazgan. (Ch.) Qabulxonaning bir tomoniga qator stullar terilgan. (O`. U.) Ayollar hech qachon ozlarini pastga urishmaydi. (S.A.)
4. Ko`rsatish olmoshlariga er, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu er, bu er, u er, shu yoq, bu yoq, o`sha er kabi: -Bu yoqqa kel bola. (S.A.)
Nizom allaqachon ota- onasini bu erdan ko`chirib ketgan va saroyga yaqin joydan shinam uy joy olib bergan.(P.Q.) Zerikkan bo`lsangiz, ertaga boshqa nomerga ko`chiraman. U er -yaxshi. (Ch.)
Juft ravishlar ikki so`zning o`zaro teng bog`lanishidan hosil bo`ladi. Juft ravishlar so`zlarning juft kelishi hamda takrorlanishi asosida quyidagicha hosil bo`ladi:
1. Ikki so`zning o`zaro ma`nodoshlik asosida bog`lanishidan: asta -sekin, ochiq-sochiq.
2. Qarama-qarshi ma`noli so`zlarning o`zaro birikuvidan: oldin-keyin, qishin-yozin, kecha-kunduz, ostin-ustin .
3. Ikki so`zning takrorlanishida birinchi so`zda -ma qo`shimchasining qo`shilishdan: tarafma- taraf, birma-bir, yakkama-yakka, qo`lma- qo`l.
4. Ikki so`zning takrorlanishida birinchi so`zda ba`zan keyingi so`zga -dan qo`shimchasini qo`shilishi bilan : yildan -yilga, qanchadan -qancha, bir- biridan, o`z- o`zidan kabi.
TAKRORLASH UCUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1 . Ravishlarning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Ravishning ma`no jihatdan qanday turlari mavjud?
3. Ravishlar qanday sintaktik vazifalarni bajaradi?
4. Ravishlar qanday yasaladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |