Buyruq gaplar. So`zlovchining biror narsaga buyirishi, undashi iltimos qilishi, maslahati kabi fikrlarni ifodalaydigan gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar semantik jihatdan quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1) Sof buyruq gaplar: Kitobni oxirigacha o`qi ! Bugun o`qishga ertaroq bor ! Darsdan kechikma!
2. Iltimos, yalinish ifodalanadi. Masalan: Ozgina jim o`tir. O`n to`qqizdan oshmay tur go`zal, (H. O.)
3. Maslahat, nasihat gaplar: Masalan: Nasihatim yod qilib ol farzandim (F. Yo)
4. Istak, tilak,maqsad gaplar: Masalan: Mustaqil yurt gullashi uchun tinmay mehnat qiling. Yo siz keling, yo men boray.
His- hayajon ifodalashiga ko`ra gap turlari. Bu jihatdan gaplar ikki turga bo`linadi:
1) his-hayajonga ega bo`lmagan gaplar.
2) his- hayajon yoki undov gaplar. His- hayajonga ega bo`lmagan gaplarga darak gap, so`roq gap, buyruq gaplar kiradi.
His- hayajonli gaplar. Kuchli his- hayajon bilan darak, so`roq, buyruq gaplardan hosil bo`lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi. Masalan:
Har aytganning buyuk jangnoma,
Qayga desang qaytmay keturman.
His-hayajon gaplar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi.
1. Darak : э,biz bunaqa imtihomgan endi o`tayotganimiz yo`q!
2. So`roq: Naqadar chiroyli manzar - a? ! (Sh. R.)Ona ! Dunyoda bundan yoqimliroq so`z bormikan? !
3. Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo`lsin!
4. Shodlik, quvonch, tantana:
Alisherni alla aytib uxlatgan ona!
Og`ishida Bobur kamolga etgan ona!
Torobiyni ulug` jangga jo`natgan ona!
Sharaf senga, obro` senga, senga tantana!
Sharaflarga muyasarsan ey, ulug` ona ! (M. Sh)
5.Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan--a? !
6. Qayg`u, afsus: Esiz taqtir ekan qaydan bilibmiz! (“Havoyi”drammasi).
78 s. GAPNING TUZILISH JIHATIDAN TURLARI
Harqanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo`laklar: ega va kesim tashkil etadi. Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko`ra gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bo`linadi: sodda gaplar va qo`shma gaplar.
Bitta grammatik asosiga ega bo`lib ma`lum bir fikr va his- hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.
Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo`lib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo`shma gap deyiladi. Masalan:
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yoqdir bundayin ko`klam.
( H. O.)
Til bilan til dushman bo`lmaydi,
O`ldirmaydi qo`shiqni qo`shiq
(R. H.)
Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo`lib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yoqdir ko`klam) ikkinchi gap esa qo`shma gap, uning grammatik asosi ikkita ,1) dushman bo`lmardi,2) o`ldirmaydi qo`shiq.
Sodda gaplar grammatik asosning tarkibliga ko`ra ham ikki xil: 1) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo`lakdan (ega va kesim) dan iborat bo`lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: Solihlar esga olinganda Allohning rahmati hozil bo`ladi (Tusiy). Bu gapning grammatik asosi ega ( solihlar ) va kesimi (hosil bo`ladi) dan iborat.
Grammatik asosi bir bo`lakdan iborat bo`lgan gaplar gap bir tarkibli gap deyiladi. Masalan:
Oyni etak bilan yopib bo`lmas. Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yorib bo`lmasdan) iborat.
Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo`laklarning ishtirokiga ko`ra yig`iq va yoyiq gaplarga bo`linadi.
Ega va kesimdan tashkil topgan sodda gaplarning bir ko`rinishi yig`iq gap deyiladi. Masalan. Qor tindi. Hamma yoq oppoq.
Tarkibida bosh bo`laklardan tashqari ikkinchi darajali bo`laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq gap deyiladi. Masaln: Aziz va ulug` bo`lgan Allohga bir soat astoyidil tavajjuh qilishning quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir. (Abduni Zajjoj). Bu gapda aziz va ulug` bo`lgan (aniqlovchi), allohga (to`ldiruvchi), bir soat (aniqlovchi) astoyidil tavajjud qilishning (aniqlovchi), yaxshiroqdir (kesim). Shu boisdan bu gap yoyiq gapdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |