SINTAKTIK MUNOSABATLARNI IFODALOVCHI
VOSITALAR
Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalarning turlari va xususiyatlari:
1) So`z shakl- bir so`zning boshqa so`zga bog`lanishini ko`rsatadi, gramatik ma`noni bildiradi. Bu esa shakliy -grammatik bosita sanaladi, qo`shimchalar orqali yuzaga keladi:
a) kelishik qo`shimchalari:-ga, -ning, -ni, da, dan, kabi. Masalan, dalaga bormoq, Sanobarning kitobi, uyni supurmoq: b) egalik qo`shimchalari, -im, ing, i, ingiz: Mening uyim ;sening kitobing; ularning ishi; v) tuslovchi shakl- son qo`shimchalari ; - m, -k, -ing, -ingiz; men oldim; biz o`qidik; siz keldingiz va boshqalar.
2. Yordamchi so`zlar -kelishik qo`shimchalarida o`xshash vazifani bajaradi, otni fe`lga bog`laydi, leksik- grammatik vosita sanaladi:
a) ko`makchilar bilan, uchun, kabi singari sevinch bialn kutmoq bolalar uchun atamoq, tong kabi musaffo;
b) bog`lovchilar uyushiq bo`laklar va gaplarni bog`laydi:
3. So`z tartibi: so`zning sintaktik vazifasi maxsus ko`rsatkichlar bilan ifodalaganda tartib bosh rolni o`ynaydi; masalan, qizil olma (birikma) olma qizil (gap), yaxshi odam (birikma), odam yaxshi (gap).
4.Ohang.-To`xtamning o`zgarishi birikmaning bog`lanishini o`zgartiradi. Masalan: Besh bolali (yigitcha. Besh). bolali yigitcha. Otabek akam, muxandis bo`ldi. Otabek, akam muxandis bo`ldi. Otabek akam muxandis bo`ldi. va boshqalar.
SO`Z BIRIKMASINING ALOQA TURLARI
So`zlar o`zaro ikki xil usul bilan aloqaga kiradi; a) teng bog`lanish; b) tobe bog`lanish.
Teng bog`lanishda so`zlar bir xil gap bo`lagi bo`lib, sanash ohangi yoki bog`lovchilar yordami bilan birikadi. Masalan. Bu yil -onalar va bolalar yili. Muhayo, Surayo, Ra`no, Muqaddas, ko`zlarni yashnatib kiyibsiz atlas (qo`shiq.) kabi gaplardagi onalar va bolalar hamda 2-gapdagi Muhayo, Surayo, Ra`no, Muqaddas so`zlari teng bog`langan.
Ular kesimga nisbatan teng huquqli bo`lib, bir xil gap bo`lagi vazifasini bajaradi. Bunday bo`laklarning o`rni almashtirilgan bilan, ma`no va grammatik holati o`zgarmaydi. Tobe bog`lanisgda esa biri hokim, biri tobe so`zlar aloqada kirishadi.
Ularning biri ikkinchisini to`ldirib, aniqlab izohlab keladi. Shuning uchun aniqlab to`ldirib kelgan so`z tobe, u bilan bog`lanib kelgan so`z hokim so`z bo`ladi va gapda boshqa -boshqa tintaktik vazifa bajaradi. Shunga ko`ra tobelanish turlari quyidagicha bo`ladi:
Moslashuv. Bunday tobelanishning asosiy xususiyati tobelanish bir qismning boshqasini aniqlashga xizmat qildirishidir. Tobe so`z bilan hokim so`z bir-biriga moslashadi, hararat, belgi va predmetning qaysi predmetga tegishliligi ko`rsatiladi. Masalan, mening vatanim, gullarning guli, talabalarning o`qishi. Gullarning guli - Nargis . Bunda guli (hokim) so`z talabi bilan gullarning (tobe so`z ) qaratqich kelishik qo`shimchalarini olib kelgan. Dutorimning torlari qo`sh bulbuldek sayraydi kabi.
Boshqaruv. Bu bog`lanishda tobe so`z hokim so`zning talabi bilan o`z shaklini o`zgartiradi. Masalan, Maktabga bormoq, ishdan kelmoq, Ko`chani tozalamoq.
Fe`l boshqaruv va ot boshqaruvi . Masalan: ochilgan gul, sayragan bulbul. Asal qanddan shirin.Sifatli boshqaruv . Masalan, Uyat o`limdan yomon.Kelishikli va ko`makchili boshqaruv . Masalan, Kundan kun sovuq, Yaxshidan ot, yomondan dog` qolar.Baliqning tirikligi suv bilan.
Bitishuv. Bunday bog`lanishda so`zlarning o`zaro aloqasi tartib va ohang orqali beriladi: a) sifatlovchi + sifatlanmish; sifatlovchi vazifasida sifat, son, olmosh, ravish keladi. Masalan: Ko`m-ko`k dala, katta bino, bu
uy, beshta talaba, oqar suv, oltin fasl.b)hol + hollanmish: hol vazifasida ravish va ravishdoshlar keladi. Masalan: samolyot tez uchdi. Rangi oqarib ketdi va boshqalar.
Tobe bo`lak vazifasiga ko`ra;
1) aniqlovchi, + aniqlanmish munosabat(tobe bo`lak ot, sifat, son, olmosh, ravish, sifatdosh kabi so`zlar , hokim bo`lak esa ot va otlashgan so`zlardan iborat bo`ladi.) Masalan, tutning bargi, qizil gullar, bitta kitob, o`sha joy, pishiq q`isht;
2) To`ldiruvchi + kesim munosabati (tobe bo`lak otning kelishikli shaklida, hokim bo`lak fe`l, sifat bo`ladi) Masalan: Mardni mehnat engolmas. Qo`rqoqqa qo`sh ko`rinar. Yaxshidan ot qoladi.
3) hol - kesim munosabati (tobe bo`lak ravish, ravishdosh va ba`zan otdan, hokim bo`lak esa fe`ldan) bo`ladi. Masalan: To`y kecha o`tdi. Eshik taraqlab yopildi. Olov gurillab yondi. Oftob sekin -asta bota boshladi.
So`z birikmalari tuzilish jihatidan ikki turga bo`linadi :1) sodda birikmalar, 2) murakkab birikmalar.
1.Sodda birikmalar . Tarkibi ikki mustaqil so`zdan iborat bo`lgan birikmalar sodda birikmalar deyiladi. Masalan: yosh olim,katta ko`cha qirra burun odam.
Tobe so`z ajralmas birikmalardan va tobe so`z frazeologik ibora, turg`un birikma va tarkibli nom bilan ifodalanadi. Masalan: Hafsalasi pir bo`lib ketdi. Surxondaryo viloyatining markazi, “O`tkan kunlar” romani. Borsa kelmas oroli.
2. Murakkab birikmalar. Tarkibi uch va undan ortiq so`zdan iborat bo`lgan birikmalar murakkab birikmalar deb ataladi. Murakkab birikmalar:a) sifatlovchili; b) sifatdosh oborotli; v) harakat nomli; g) ravishdosh oborotli murakkab birikma lardan iborat. Misollar: Paxta gulli chinni piyola. Paxta terish uchun keltirilgan mashinalar. Ko`p bolalai oyila va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |