13-bob. O‘rta muddatli o‘qitish
174. O‘rta muddatli o‘qitish ko‘rinishidagi kasbga o‘qitish parametrlari mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
175. O‘rta muddatli o‘qitish kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan mustaqil belgilanadigan davrlarda mehnat organlari bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
176. Mehnat organlari kasbga o‘qitishning tasdiqlangan parametrlari hajmlari doirasida kasbga o‘qitishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarni shakllanishi davomida, shuningdek, fuqarolar va ish beruvchilar ehtiyojlarining tahlili, kasb-hunarga o‘qitish markazlarining takliflariga asosan ushbu Nizomga 12-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq o‘rta muddatli o‘qish xarajatlarini to‘lash haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘rt tomonlama shartnomalar tuzadi.
177. O‘rta muddatli o‘qitish uchun shartnoma tomonlari sifatida:
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
Mehnat organlarida ro‘yxatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs;
Kasb-hunarga o‘qitish markazi;
tegishli jismoniy shaxsni ishga qabul qilishni o‘z zimmasiga olgan ish beruvchi.
178. Shartnomalar moliyaviy yil doirasida tuziladi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachilik bo‘linmalarida mehnat organlarining kasbga o‘qitish parametrlarini amalga oshirish xarajatlari smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ro‘yxatga olinadi.
179. Tegishli jismoniy shaxsni ishga joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan va to‘rt tomonlama shartnomani imzolagan ish beruvchiga ushbu jismoniy shaxsni diplom olgandan keyin ishga joylashtirish bo‘yicha murojaat qilgan kundan boshlab 15 ish kuni davomida ishga joylashtirish (ishga qabul qilish) bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri majburiyat yuklanadi.
180. Mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs shartnoma tomoni bo‘lsa hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z shaxsiy ishtirokiga asoslangan, o‘ziga mehnat daromadini olishga yo‘naltirilgan mustaqil faoliyatni amalga oshirish va kamida 12 oyga vaqtinchalik mehnat guvohnomasini olish majburiyatini olganda, ish beruvchi shartnoma tomoni sifatida ishtirok etmasligi mumkin
Ushbu bandda nazarda tutilgan me’yorni bajarmaslik to‘langan mablag‘ning, jumladan, grantning to‘la summasini mehnat organiga qaytarishni nazarda tutadi. To‘langan mablag‘ yoki grant qaytarilmaganda yoki kechikib qaytarilganda kechiktirilgan har bir kun uchun to‘langan summaning 0,5 foizi miqdorida, biroq umumiy miqdorning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lanadi.
Kompetensiyalarni baholash markazida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan va ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompetensiya to‘g‘risida sertifikat olgan shaxslar ushbu moddada belgilangan majburiyatdan ozod qilinadi. Ushbu me’yor ish beruvchi majburiyatldariga ham taalluqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |