O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida



Download 53,53 Kb.
bet1/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
287 - qaror


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KASBIY MALAKALAR, BILIM VA KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH MILLIY TIZIMI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORALARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini va O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

a) ikki hafta muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi to‘g‘risidagi nizomni, faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari huzuridagi kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari haqidagi namunaviy nizomni hamda Tarmoqlar malaka ramkalari va kasb standartlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda barcha vazirliklar va idoralarga yuborilishini ta’minlasin;

b) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda axborot tizimlarini, jumladan, Kompetensiyalarni baholash bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar registrini, Kasb standartlari milliy registrini hamda Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestrini ishlab chiqsin va joriy qilsin;

v) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga ta’lim sohasini isloh qilish tadbirlarini amalga oshirish, Milliy va tarmoqlar malakalar ramkalari, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori hamda professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga bevosita aloqador bo‘lgan dolzarb o‘zgarishlarni tizimli ravishda kiritib borishni ta’minlasin.

3. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bir oy muddatda kasb faoliyati turlarini belgilagan holda Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari ishini tashkil etsin.

4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.




Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish