O‘zbekiston respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘G‘risida


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MALAKALAR RAMKASI



Download 53,53 Kb.
bet5/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,53 Kb.
#242573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
287 - qaror

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MALAKALAR RAMKASI

Malaka darajasi

Bilimlar

(professional faoliyatning ilmiy sig‘imliligi)

Mahorat va ko‘nikma

(professional faoliyatning murakkabligi)

Kompetensiyalar

(vakolatlar ko‘lami, mas’uliyat va mustaqillik)

Malakaning mos darajasiga
erishish yo‘llari


1

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi umumiy bilimlar

Standart va oddiy vazifalarni bajarish

Kuzatuv ostida ishlash va o‘rganish

Amaliy tajriba va/yoki ish joyida qisqa muddatli o‘quv (yo‘riqnoma) va/yoki kamida boshlang‘ich ma’lumot darajasidagi ta’lim bo‘yicha qisqa muddatli kurslar

2

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi maxsus bilimlar

Standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalarva instrumentlar orqali bajarish, yo‘riqnoma bo‘yicha harakat qilish usulini tanlash

Qo‘yilgan vazifalarni tushunish, rahbarlik ostida qisman mustaqil ravishda mehnat qilish va o‘rganish qobiliyati

Kamida asosiy o‘rta ma’lumotdan past bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha amaliy tajriba va/yoki professional ta’lim (ta’limni tashkil qilish yoki korxonada o‘qish bazasida qisqa muddatli kurslar)

3

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi prinsiplar, jarayonlar va umumiy konsepsiyalar haqidagi umumiy maxsus bilimlar

Asosiy usullar, instrumentlar, materiallar va ma’lumotlarni tanlash va qo‘llash uchun talab qilinadigan vazifalarni bajarish, mustaqillikni namoyish qilish

Mas’uliyat, vaziyatdan kelib chiqib qaror qabul qilish, jumladan, o‘z-o‘zining mustaqil bandligini ta’minlash

Boshlang‘ich professional ta’lim (o‘rta maxsus, professional ta’lim).

Professional ta’lim (bir yilgacha kasbga tayyorlash dasturlari bo‘yicha ta’lim tashkilotlari bazasidagi kurslar yoki korxonada o‘qitish) va kamida umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha amaliy tajriba



4

Mehnat yoki o‘quv sohasini umumiy qamrab oluvchi keng miqyosli amaliy va nazariy bilimlar

Aniq muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan amaliy mahoratlar. Ma’lum bo‘lgan harakatlar orasidan maqbulini tanlash

Qo‘yilgan maqsadni hal qilish uchun bajarish zarur bo‘lgan vazifalarni mustaqil belgilash.

Ish natijasini oldindan ko‘ra bilish va shunga ko‘ra o‘z harakatini to‘g‘rilash qobiliyati



O‘rta (to‘liq) umumiy ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim bazasida o‘rta professional ta’lim yoki professional tayyorgarlik (bir yilgacha kasbga o‘qitish dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalari bazasidagi kurslar va qo‘shimcha professional ta’lim dasturlari), amaliy tajriba

5

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi har tomonlama ixtisoslashtirilgan maxsus va nazariy bilimlar, shuningdek ushbu bilimlar chegaralarini anglash

Abstrakt muammolarni ijodiy hal qilish uchun talab qilinadigan anglash va amaliy mahoratning har tomonlama ko‘lami. Professional vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni mustaqil izlash qobiliyati.

Tashkilotning ichki vazifalarini bajarish uchun mehnat jarayonini mustaqil boshqarish va nazorat qilish qobiliyati. O‘zi va boshqalarning faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish.

O‘rta (to‘liq) umumiy ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim yoki o‘rta professional ta’lim bazasida o‘rta maxsus professional ta’lim, amaliy tajriba, yoki oliy ta’lim

6

Nazariya va eng muhim tamoyillarni tanqidiy tushunishni o‘z ichiga oluvchi mehnat yoki o‘quv sohasidagi ilg‘or bilimlar

Mehnat yoki o‘qishning ixtisoslashtirilgan sohasidagi murakkab va kutilmagan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan yangiliklar egallaganligini tasdiqlovchi ilg‘or qobiliyatlar. Faoliyat, usullar va ularning natijalarini baholash.

Mehnat yoki o‘qishning kutilmagan kontekstida qaror qabul qilish darajasida mas’uliyatni talab qiluvchi, faoliyatning murakkab texnik va professional turlarini boshqarish.

Yakka tartibdagi va jamoaviy rivojlanish sohasida o‘ziga mas’uliyatni qabul qilish.



Oliy ta’lim, amaliy tajriba.

7

Muayyan qismi mehnat yoki o‘quv sohasida muhim bo‘lgan va aralash sohalarda original va tanqidiy mulohazalar yuritish va/yoki tadqiqotlar uchun asos bo‘luvchi yuqori darajada ixtisoslashgan bilimlar

Yangi bilimlarni, tartibotlarni rivojlantirish va turli sohalarga taalluqli bilimlarni integratsiyalash uchun o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlarda va/yoki faoliyatda innovatsiya talab qilinadigan maxsus tadqiqot o‘tkazish qobiliyati.

Faoliyat, usullar va natijalar va professional faoliyat sohasi va undan tashqari sohalar uchun qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini tanqidiy baholash.



Murakkab, kutilmagan va yangi strategik yondoshuvlarni talab qiluvchi professional yoki o‘quv kontekstlarni boshqarish va ushbu kontekstlarni o‘zgartirish. Professional bilimlar va amaliyotga hissa qo‘shish va/yoki jamoalar strategik mehnat unumdorligini tekshirish bo‘yicha mas’uliyatga ega bo‘lish.

Oliy ta’lim, amaliy tajriba. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim, amaliy tajriba

8

Mehnat yoki o‘quvning ilg‘or sohasida va sohalararo yuqori darajada ixtisoslashgan bilimlar

Ilmiy tadqiqotlardagi va/yoki innovatsiyalardagi o‘tkir muammolarni hal qilish uchun va mavjud bilimlar yoki professional amaliyotni qayta ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan, sintez va baholashni o‘z ichiga oluvchi ilg‘or va ixtisoslashgan mahorat va usullar. Faoliyat, usullar va natijalarni va ularning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini tanqidiy baholash.

Mehnat yoki o‘quv sohasida, jumladan, tadqiqot yo‘nalishida yangi g‘oyalar yoki jarayonlar ishlab chiqarishda yuksak darajadagi obro‘, innovatsiyalar, mustaqillik va professional mukammallikni namoyon qilish.

Oliy ta’lim, amaliy tajriba. Oliy ta’lim, amaliy tajriba va/yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim, amaliy tajriba.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-son qaroriga
2-ILOVA


Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish