O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil etish istiqbollari Topshirdi: 927-21 guruh talabasi Norbekova. M qabul qildi: Saitov. S jizzax 2022



Download 135,46 Kb.
bet3/9
Sana28.06.2022
Hajmi135,46 Kb.
#713031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Manzura 927-21 O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil

Investitsiyalar tasnifi



Investitsiyalar mezonlari

Investitsiyalar turlari

1.

Qo‘yilish obyektiga ko‘ra:

-Real investitsiyalar
-Moliyaviy investitsiyalar

2.

Investitsiyada qatnashish xarakteriga ko‘ra:

-To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar
-Portfel investitsiyalar

3.

Takror ishlab chiqarish hajmining kengligiga ko‘ra:

-Yalpi investitsiylar
-Sof investitsiyalar

4.

Investitsiyalash davriga ko‘ra:

-Qisqa muddatli investitsiyalar
-Uzoq muddatli investitsiyalar

5.


Mulkchilik shakliga ko‘ra:



-Xususiy investitsiyalar
-Davlat investitsiyalar
-Aralash investitsiyalar
-Xorijiy investitsiyalar

6.

Hududiy joylashtirilishiga ko‘ra:

-Ichki investitsiyalar
-Tashqi investitsiyalar

7.

Moliyaviy manbasiga ko‘ra:

-Markazlashgan investitsiyalar
-Markazlashmagan investitsiyalar

8.

Kapitalni ishlatish xarekteriga ko‘ra:

-Birlamchi investitsiyalar
-Reinvestitsiyalar
-Deinvestitsiyalar

Qo‘yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) - pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlarga sarflanishidan iborat. Moliyaviy investitsiyalar moliyaviy aktivlarga, ya’ni qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan qo‘yilmalardir. Ayrim olimlar tezavratsiya predmetlariga, ya’ni oltin va boshqa qimmatbaho metallar, antikvariantlar, kolleksiya tovarlariga qo‘yilmalarni ham moliyaviy investitsiyalarga kiritadilar.


Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o‘z mablag‘lari bilan birga qarzga olingan mablag‘lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag‘ olingan holda investorlar rolini aniq loyihalarga kredit mablag‘lari ajratilayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potensial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (IITKI) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litsenziya berish, avtorlik huquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ko‘pgina iqtisodchi-olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar.
Investitsiya obyektlardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga investorlarning o‘zlari ega bo‘ladilar. Ularni hech kim soha yoki investitsiya obyektlarini tanlashga majbur eta olmaydi. U yoki bu obyektni tanlashda va investitsiyalarni ma’lum bir obyektga sarflashdagi qarorlarni investorlarning o‘zlari qabul qiladilar.
Jamiyatning moddiy farovonligi uning a’zolari tomonidan yaratiladigan mahsulot va xizmatlar miqdorida ko‘rinadigan iqtisodiyotning samaradorligi orqali aniqlanadi. Shu maqsadda real aktivlardan foydalaniladi: yer, bino, uskuna va tovarlarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan bilimlar.
Moddiy aktivlar bilan birga aksiya, obligatsiya singari moliayaviy aktivlar ham mavjud. Aktivlarning bu turi qog‘oz varag‘i yoki kompaniyadagi ma’lumaotlardan boshqa narsa emas va ular ishlab chiqarish quvvatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirmaydi. Shu bilan birga iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu aktivlar insonlar tomonidan real aktivlarga o‘z huquqlarini tasdiqlash maqsadida foydalaniladigan vosita hisoblanadi. Moliyaviy aktivlar - real aktivlar yordamida olinadigan daromad huquqi. Shaxsiy avtomobil zavodini sotib olish imkoniyati bo‘lmasada, General Motors yoki Toyotaning aksiyasini sotib olish mumkin va shu yo‘l bilan avtomobil ishlab chiqarish foydasidan ulush olish mumkin.
Real aktivlar iqtisodiyotda milliy daroamad manbasi bo‘lagani holda, moliyaviy aktivlar uni investorlar o‘rtasida taqsimlashni anglatadi. Biz mablag‘larni bugun xarajat qilishimiz yoki kelajakka investitsiyalashimiz mumkin. Agar investitsiyalashni tanlasak, u holda biz mablag‘imizni turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish orqali moliyaviy aktivlarga joylashimiz mumkin. Investorlar kompaniya qimmatli qog‘ozni sotib olganda, kompaniya egalari shunday jalb qilingan mablag‘larni zavodlar, uskunalar, texnologiyalar yoki tovar-moddiy zaxiralar singari real aktivlarga to‘laydilar. Shunday qilib, qimmatli qog‘oz egalarining daromad manbasi bo‘lib, ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan real aktivlarni ishlatishdan yaratilgan foyda hisoblanadi.10
Investitsiyada qatnashish xarekteriga ko‘ra bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investor o‘z moliyaviy mablag‘larni joylashtirish obyektin tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachalar to‘plangan mablag‘larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi. Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o‘zining moliyaviy kapitalini, ya’ni qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromad-dvidentni ko‘paytiradi.Takror ishlab chiqarish hajmining kengligiga ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarga bo‘linadi. Yalpi investitsiyalar bu aniq bir davrda yangi qurilish, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga egalik qilish, shuningdek, moddiy ishlab chiqarish zaxiralarini o‘sishiga yo‘naltiriladigan investitsiya mablag‘larning umumiy hajmidir. Sof investitsiyalar aniq bir davrdagi amortizatsiya ajratmalari ayirib tashlanganda yalpi investitsiyalarga tengdir. Sof investitsiyalar dinamikasi mamlakatning iqtisodiy o‘sishini xaraterlaydi.
Iqtisodiyotda o‘zgarishlar su’rati bilan investitsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni uch holatda kuzatish mumkin:
1.Agar sof investitsiylarning summasi salbiy bo‘lsa, bu davlatning ishlab chiqarish imkoniyati (mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi) pasayayotganligini bildiradi. Bunday holat o‘z asosiy kapitalini “yo‘qotayotgan” davlatlar uchun xosdir.
2.Agar sof investitsiyalar summasi nolga teng bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish yo‘qligini (depressiya) bildiradi.
3Agar sof investitsiyalar summasi ijobiy bo‘lsa, iqtisodiyot o‘sishdaligini, ya’ni asosiy va aylanma kapitalning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishi ta’minlanayotganligini bildiradi.
Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga beriladi) bo‘ladi. Masalan, oddiy aksiyalar umuman biron – bir muddat bilan cheklanmaydi. Masalan, depozit sertifikat olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli qo‘yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo‘yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o‘tgandan so‘ng investor uzoq muddatli qurolni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko‘pincha investorlar ana shunaday qurollarni tanlaydilar va o‘z pullarni qisqa muddatlarga qo‘yishni xohlaydilar. Masalan, yaqin olti oy mobaynida investorga kerak bo‘lmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bo‘lgan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga to‘lgan investor pensiyaga chiqquncha pul yig‘ish uchun biron-bir kompaniyani obligatsiyasini 20 yilga sotib olishi mumkin. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo‘yilmalar shaklida namayon bo‘ladi.
Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, aralash va xorijiy shakllariga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarning va fuqarolarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliayati obyektlariga qo‘yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag‘larini joylashtirish orqali namyon bo‘ladi. Aralash investitsiylar deganda, turli mulk shakllari bilan birgalikda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi tushuniladi. Xorijiy investitsiyalarda mulk egalari chet ellik shaxslar bo‘ladi.
Hududiy joylashtirish bo‘yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi. Bunda investitsiylarning sarmoyalari mamlakat ichkarisiga yoki mamlakat tashqarisiga qo‘yilayotganligi tushuniladi.
Kapitalni ishlatish xarekteriga ko‘ra birlamchi, reinvestitsiya, dezinvestitsiyaga bo‘linadi. Birlamchi investitsiyalar korxonaning o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobiga kapitalni dastlabki joylashtirishdir. Reinvestitsiyalar avval amalga oshirilgan loyihalar va dasturlar natijasida bo‘shagan pul mablag‘lari orqali uni qaytadan investitsiyalash maqsadida kapitaldan ikkilamchi foydalanishdir. Dezinvestitsiyalar - bu loyiha va dasturlarga avval investitsiya qilingan kapitalni keyingi investitsiya maqsadlarida foydalanmasdan olib chiqilishini anglatadi.
Maqsadlar va ular bilan bog‘liq xatarlar nuqtayi nazaridan venchurli (xatarli) bevosita, portfel va annuitet investitsiyalar bo‘ladi. Venchur kapital shakli katta xatar bilan bog‘liq yangi faoliyat sohalarida chiqariladigan yangi aksiyalardir. Xatarli kapital kapitalning turli shakllarini: ssuda kapitali, aksiyadorlik kapitali va tadbirkorlik kapitalini o‘z ichiga oladi. Bevosita investitsiyalar muayyan xo‘jalik subyektni boshqarishga, ishtirok etish huququni olish va foyda chiqarish maqsadida uning ustav kapitaliga mablag‘ solishdir. Portfel investitsiyalar investorning aniq maqsadga erishishi uchun xizmat qiladigan va bir butun qilib to‘plangan turli qiymatliklarning yig‘indisidir. Annuitet – vaqti-vaqti bilan investorga mauyyan daromad keltirib turadigan investitsiyalar.
Moliyalashtirish manbasiga ko‘ra markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarga bo‘linadi. Markazlashgan investitsiyalarda davlat ishtiroki nazarda tutiladi, markazlashmagan investitsiyalarda esa aksincha. Markazlashgan investitsiyalarga davlat byudjeti mablag‘lari, maqsadli davlat jamg‘armalarning mablag‘lari va hukumat kafolati ostida jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar kiradi. Markazlashmagan investitsiyalarga korxona va aholi mablag‘lari, tijorat bank kreditlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiradi.Bundan tashqari olimlar tomonidan investitsiyalar tavakkallik darajasi bo‘yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo‘ladi, boshqacha aytganda “tavakkallik” atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi.
Qo‘yilma mablag‘lariga foydani mutloq yoxud nisbiy miqdorlarini yoyilishi qanchalik keng bo‘lsa tavakkallik shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. Yakka investor eng kam tavakkalchilikka ega bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlaridan tortib eng yuqori tavakkalli tovarlargacha bo‘lgan qurollarni keng tanlash imkoniyatiga ega. Kapitalni joylashtirishni har bir tipi tavakkalni ta’rifidir, ammo har bir muayyan holatda tavakkallik o‘sha vositaning aniq xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, obligatsiyalarga qaraganda aksiyalarga qo‘yilmalar yuqori tavakkallik bilan bog‘liq ekanligi ma’lum, shu bilan birga yirik kompaniyalar aksiyalariga qo‘yilmalar kiritishiga qaraganda yuqori tavakkallik obligatsiyalarini topish ham qiyin emas. Albatta tavakkallik ko‘p hollarda emitentning vositachining yoki muayyan moliyaviy vositalarni sotuvchisini sofdilligiga bog‘liq. Past tavakkallik investitsiyalar muayyan daromad olishning xavfsiz vositasi hisoblanadi. Aksincha, yuqori tavakkalli investitsiyalar chayqovchilik hisoblanadi. Investitsiyalash va chayqovchilik atamalari investitsiyalash ikki turlicha yondashuvni anglatadi. Aytib o‘tilganidek, investitsiyalash deganda qiymati barqaror turadigan va nafaqat daromadni ijobiy miqdorini olish, balki oldindan daromadni aytish mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlarni sotib olish jarayoni tushuniladi. Chayqovchilik shunday aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib faqat ularni bo‘lajak qiymati va kutilayotgan daromad darajasi ishonchli bo‘lmagan holatdir. Albatta, tavakkalchilikni yuqori darajasida chayqovchilikdan yuqori daromad olish ham mumkin.



Download 135,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish