O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil etish istiqbollari Topshirdi: 927-21 guruh talabasi Norbekova. M qabul qildi: Saitov. S jizzax 2022



Download 135,46 Kb.
bet1/9
Sana28.06.2022
Hajmi135,46 Kb.
#713031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Manzura 927-21 O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


Iqtisodiyot nazariyasi ” FANIDAN



MUSTAQIL ISH

MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil etish istiqbollari

Topshirdi: 927-21 guruh talabasi Norbekova.M

Qabul qildi: Saitov.S

Jizzax 2022


O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil etish istiqbollari
KIRISH

  1. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

  2. Investitsiya faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar

  3. Xorijiy investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb qilinishi

  4. Investitsiya siyosatining mazmuni roli va yo‘nalishlari

  5. O’zbekistonda investitsiya faoliyatini tartibga solish

XULOSA


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH
Iqtisodiy faoliyatni barcha turlarini yuritish ya’ni moddiy,nomoddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish omillarini shakllantirish zarur bo’ladi.Iqtisodiy faoliyatni yuritish xilma-xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi tufayli,birinchi navbatda ishlab chiqarish omillarini shakllantirishni talab etadi va iqtisodiy tanlov asosida iqtisodiy jihatdan foydali bo’lgan faoliyat uchun cheklangan resurslar muayyan vaqtga band etiladi.
Investitsiyalar,uning amal qilish mexanizmi va rivojlanish qonuniyatlari, O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tutgan o’rni va mohiyati to’g’risida barcha masalalar ixcham hajmda bo’ladi.Investitsiyalarni obyektini o‘zlashtirib olish, investitsiyalar turlarini ajratib olish,investitsiyalarning maqsadlarini anglab olish,investitsion faoliyatni tashkil etish sirlarini egallash hamda ular manbalarini tashkil etish, moliyalashtirish usullarini amalda qo’llash xorijiy investitsiyalarni jalb etish krediti,lizing munosabatlarini yo’lga qo’yish vazifalarini qamrab oladi. Qayd etish kerakki, xorijiy davlatlar va investorlar bilan faol ish olib borilayotgani natijasida jami investitsiyalarning 25 foizini toʻgʻridan-toʻgʻri chet el sarmoyalari tashkil etmoqda. Xususan, joriy yilda shunday investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida 4,2 milliard dollar oʻzlashtirilishi koʻzda tutilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni soʻzsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini oʻzlashtirishni yilning oxirgi oylariga qoldirish amaliyotiga chek qoʻyib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, toʻqqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi. Bu boradagi vazifalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha tahlil qilindi. Xorijiy investitsiyalar ulushi avvalgi yildagiga nisbatan kamaygan, mablagʻlarni oʻzlashtirish sust tashkil etilgan soha va tarmoqlar koʻrsatib oʻtildi. Yil oxiriga qadar qoʻshimcha sarmoyalarni jalb qilish, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarga talab yuqori boʻlgan soha va hududlarga yoʻnaltirish, ushbu resurslarning oʻzlashtirilishini nazoratga olish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shunday ishlar natijasida 1 milliard dollardan ziyod investitsiyalar oʻzlashtirilgan, 133 ta yangi korxona ishga tushirilgan. Biroq, hokimlar va ularning investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari ishni tashkil etishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani oqibatida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida ayrim obyektlar foydalanishga topshirilmay qolgan.
Joriy yilda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida 209 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 1,9 milliard dollar yoki oʻtgan yildagiga nisbatan 2 barobar koʻp mablagʻ oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. Yigʻilishda shu va mamlakatimiz elchilari koʻmagida shakllantirilgan qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun har bir hududga respublika idoralari rahbarlari masʼul etib biriktirildi.


1. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati.
Mamlakatimiz davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo’nalishini belgilab oldi.Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish va rivojlantirishda esa investitsiyalarning o’rni beqoyisdir.Chunki ma’lum bir mamlakatda investitsiya siyosati to’g’ri yo‘lga qo’yilgan, investitsiya muhiti yaxshi yaratilgan bo’lsa, mazkur mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) o’sishi, biroq teskarisi bo’ladigan bo’lsa pasayishi ham muqarrardir.
Iqtisodiy tizimda investitsiyalar holatini “investitsiya” kategoriyasining iqtisodiy mohiyatini aniqlamasdan turib, tahlil qilib bo’lmaydi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati to’g’risida iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. Xorijiy hamda mahalliy mualliflarning iqtisodiy adabiyotlarida, shuningdek, qonunchilik hujjatlarda “investitsiya” atamasi turlicha talqin etiladi.Eng avvalo, “investitsiya” atamasiga berilgan qonuniy ta’rif bilan tanishib o‘tsak. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar”— qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faolioyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlarga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bog‘liq bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”1 sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, “investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy sohaga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog‘lari va boshqa sohalarga investorlar tomonidan qo‘yiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushiniladi.Boshqacha aytganda, investitsiyalar -- mulkchilikning har xil ko‘rinishlardagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Investitsiyalarga olimlar tomonidan aniq bir ta’rif berilmagan.Jumladan professor D.G‘.G‘ozibekov investitsiylarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiylarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”.
Professor N.H.Haydarov investitsiylar mazmun-mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya - bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatiyotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir”.
Iqtisodchi olimlar B.S.Mamatov, D.Yu.Xo’jamqulov, O.Sh.Nurbekovlar investitsiyani quyidagicha tavsiflangan: “Foyda yoki ijobiy natiajaga erishish maqsadida subyektlar tomonidan xarajatlar tarzida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlarga joylashtiriluvchi turli ko‘rinishlarga ega boyliklarga investitsiya deyiladi”.2
Rossiyalik iqtisodchi olimlar N.D.Shimshirt, V.V.Kopilyevich, E.L.Xoldova tomonidan: “investitsiyalar – daromadni ijobiy (yoki qiymatni saqlagan) miqdorni ta’minlaydigan kapital joylashtirish yo‘li”3 sifatida ta’riflanadi. «Инвестиции» darsligining mualliflari, proffesorlar Yuzvovich L.I.,
Degtyarev S.A., Knyazeva Ye.G. investitsiyalarni ham iqtisodiy ham moliyaviy nuqtayi nazardan baholaydi: “Iqtisodiy nuqtayi nazardan investitsiyalar - bu sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga kapitalni uzoq muddatga kiritish shaklida amalga oshiriladigan xarajatlarning yig‘indisidir. Moliyaviy nuqtayi nazardan investitsiyalar kelajakda daromad olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati obyektlariga pul mablag‘larini yo‘naltirishdir”.4
Investitsiya atamaasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlar tomonidan quyidagicha tavsiflangan.
-“investitsiyalar iqtisodiy foyda ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi”.5
-“Investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig‘indisi tushuniladi”.6
-“investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo‘yilmasi sifatida namayon etadi”.7
Investitsiyalar keng ma’noda o‘zini mablag’lar va resurslarning kelgusida ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olib (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namyon etadi.
Kengroq olib qaraganda “investitsiyalash” so‘zi “kelajakda ko‘proq mablag‘ olish uchun bugungi puldan ajralish” ma’nosini beradi. Bu jarayon bilan odatda ikki omil bog‘liq bo‘ladi, u ham bo‘lsa - vaqt va risk. Bugun ma’lum miqdorda pulni berishga to‘g‘ri keladi. Mukofat esa keyinroq keladi, hattoki kelmasligi ham mumkin, uning miqdori ham oldindan aniq emas. Ayrim hollarda eng muhim omil vaqt sanaladi (masalan davlat obligatsiyalari uchun). Ayrim hollarda esa asosiy e’tiborni riskka qaratishga to‘g‘ri keladi (masalan oddiy aksiyalarni sotib olishga opsionlar uchun). Ko‘plab hollatlarda ikkala omilning, ya’ni vaqt va riskning ta’siri kuzatiladi (masalan, oddiy aksiyalar uchun).
Ko‘pincha investitsiyalash va jamg‘arma (savings) o‘rtasida farqlanish kuzatiladi. Jamg‘arma “kechiktirilgan iste’mol”ni anglatadi. Bunda “investitsiyalash” tushunchasi kelajakda milliy mahsulotni oshiradigan real investitsiyalashga muhokama qilinadi.
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell, R.Makkonel, Stanli L.Bryu kabilar investitsiylarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha laureti (1990-yil) U.Sharp ta’kidlashicha: “investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muyyan qiymatlikdan vos kechishdir”8. “Investitsiyalash” atamasining ma’nosini mana
qoldirilgan iste’mol buyumlari bo‘lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan resurslaridir”
“Investitsiyalar atamasi kapitalning kelgusida ko‘payishib maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin. “Investitsiyalar – qo‘yilmaning kelgusida o‘sish maqsadida bugungi iste’moldan vos kechish ”9. Investitsiyalar - pul mablag‘lari, maqsadli bank jamg‘armalari, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asosiy pul qiymatiga ega bo‘lgan mulkiy va nomulkiy huquqlarni investorlarning strategik maqsadlarini ko‘zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat obyektlariga kiritish.
Iqtisodchi-olimlardan Kempbell, R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar, ya’ni “investitsiya (investment) - bu moddiy zaxiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish vositalarning jamg‘arilishi va ishlab chiqish xarajatlari”. Ushbu ta’rif o‘z mazmuniga ko‘ra, ko‘proq, “kapital qo‘yilmalar” tushunchasiga mos kelishni ta’kidlab o‘tish joiz.
Investitsiyalar (investment) - kelajakda foyda olish uchun bugun pul yoki boshqa mablag‘larni xarajat qilishni anglatadi. Masalan, aksiyalarni olsak, ularga egalik qilishdan tushumlarga vaqt bilan birdek investitsiya riski ham ta’sir ko‘rsatadi. Biron-bir darslikni o‘qish uchun ketgan vaqt ham -investitsiyadir.
Chunki siz bo‘sh vaqtingizni va boshqa ishdan olishungiz mumkin bo‘lgan daromadingizdan voz kechgan holda, kelajakda faoliyatingiz yetarli darajada foydali bo‘lishga hamda sarf qilgan vaqtingiz va kuchingizni oqlashga harakat qilasiz. Bu ikki investitsiya ko‘p tarflama farqlanishiga qaramay, ular barcha investitsiyalar uchun zaruriy bir xususiyatga ega: bugun biron-bir qiymatga (boylikka) ega bo‘lgan nimadandir voz kechib, biz ertaga bundan foyda olishni ko‘zlaymiz.
Investitsiya tushunchasini yagona va to‘liq belgi berishlik uchun anchagina keng tushuncha bo‘lib hisoblanadi.Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy faoliaytning turli sohalarida investitsiya mazmuni o‘zining xususiyatlariga ega.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalariga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zaxiralarning o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar - bu joriy davrda iste’mol qilinadiagan va iqtisodiyotda kapital o‘sishni ta’minlovchi YaIM ning bir qismidir.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiylar yangi kapitalini (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar - muayyan qiymatni, bo‘lishni noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashishidir.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning “Investitsiyalash asoslari” (M, «Дело» nashiriyoti-1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, investitsiya deganda, vaqt va risk omilini inobatga olgan holda, biron-bir iqtisodiy samarani ko‘zlab, qonun bilan taqiqlanmagan sohalarga resurslarni yo‘naltirish tushuniladi.



Download 135,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish