Reja: Kirish Aksiyalarni ommaviy joylashtirish mohiyati Aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish amaliyoti tahlili Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini samarali tashkil etish masalalari Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
Reja: Kirish………………………………………………………………………………….2
Aksiyalarni ommaviy joylashtirish mohiyati………………………………..…...5
Aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish amaliyoti tahlili…………...……17
Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini samarali tashkil etish masalalari……………………..………………………………………………....…...24
Xulosa…………………………………..……………………………………………29
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………………31
Kirish Аksiyadorlik jamiyatlari yangi aksiyadorlar hisobiga qoʼshimcha yirik moliyalashtirishni amalga oshirishni xohlasalar yoki bunga ehtiyoj sezsalar – u holda IPO orqali moliyalashtirishdan foydalanadilar. Qoidaga koʼra, korporatsiyalar ochiq savdoga aksiyalarni biznesga qoʼshimcha yangi kapital jalb etish uchun chiqaradilar. Ushbu holatda aksiyadorlarning keng ommaviy mablagʼlari moliyalashtirish manbasi boʼlib xizmat qiladi. АJlarini birlamchi ommaviy taklif orqali moliyalashtirish amaliyoti borgan sari butun dunyoda keng tarqalmoqda. Mazkur moliyalashtirish usuli qisqacha qilib IPO deyiladi. IPO tushunchasi inglizcha «Initial Public Offering» soʼzlarining qisqartmasidan iborat. Ushbu holatda korporatsiyaga qoʼshimcha mablagʼ jalb etish uchun yangidan qoʼshimcha aksiyalar emissiya qilinadi. Respublikamiz qonunchiligida keltirilgan taʼrifga koʼra: «aksiyalarning birlamchi ommaviy taklifi (IPO) – aksiyalarni АJ tomonidan fond birjasida investorlarning cheklanmagan tartibda joylashtirishi hisoblanadi».
Ikkilamchi ommaviy joylashtirish – bu ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini investor tomonidan sotish yoki kompaniya tomonidan yangi aksiyalarni yaratish, keyin esa yangi tashkil etilgan aksiyalarni ommaga sotish uchun taklif qilish. Kompaniyalar yangi loyihalarni moliyalashtirish, sotib olishni yakunlash yoki operatsion xarajatlarni qoplash uchun turli sabablarga ko'ra ikkilamchi takliflardan foydalanadilar.
Aksiyadorlar va korporatsiyalar ikkilamchi taklifni (SPO) ikkilamchi bozorda sotadilar, yani fond bozorida, ya'ni Nyu-York fond birjasi va NASDAQ shu kabi fond bozorida. Bu ikkilamchi taklif deb ataladi, chunki bitim kompaniyaning birlamchi ommaviy taklifidan keyin amalga oshiriladi.
Ba'zi ikkilamchi takliflar cheklovlar bilan kelishi mumkin. Misol uchun, siz ikkilamchi taklif paytida ba'zi aktsiyalarni sotib olishingiz mumkin, ammo ular sizni ma'lum vaqt davomida qayta sotishni to'xtatadigan blokirovka davri bilan birga keladi. Cheklovlar odatda kam uchraydi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini qimmatli qog‘ozlar muomalasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati asosini qimmatli qog‘ozlar, birinchi navbatda aksiyalar tashkil qiladi. Qarz kapitali jalb qilish maqsadida korporativ obligatsiyalar muomalasi tashkil etiladi. Bunda aksiyalar va obligatsiyalarning bir necha xil turlari qo‘llanilishini ham qayd etib o‘tish lozim. Shuningdek aksiyalar va korporativ obligatsiyalar bo‘yicha hosilaviy qimmatli qog‘ozlar muomalasi ham amal qiladi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksiyadorlik kompaniyalari o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlan uchun qimmatli qog‘ozlardan keng foydalanadilar.
Shuningdek, amaliyotda aksiyalarning SPO (secondary public offering) asosida sotilishi ham mavjud. «Аktsiyalarning ikkilamchi ommaviy taklifi (SPO) – aksiyalarni aksiyador tomonidan oʼziga tegishli aksiyalarni fond birjasida investorlarning cheklanmagan doirasiga sotishi hisoblanadi». SPO IPOdan farqli ravishda АJning ustav kapitali miqdoriga taʼsir koʼrsatmaydi. Аmmo, bunday sotuvni amalga oshirish kompaniya aksiyalarini kapital bozorida erkin muomalada boʼlishini, kompaniyaning ommaviylashuvini, davlat ulushi sotiladigan boʼlsa – mazkur ulushning kamayishi hisobiga xususiy investorlar hissasi oshishini taʼminlaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 7-oktyabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalari to’g’risidagi o’tkazilgan yig’ilishda ham Oʻzbekiston kapital bozorining hozirgi holati ancha past darajada ekanligiga, kelayotgan 5-10 yilda bozorni yanada takomillashtirib, qimmatli qogʻozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 15 foizga yetkazish kerakligini taʻkidlanganlar. Oʻtkazilgan yigʻilish davomida Oʻzbekistonda fond bozorida professional ishtirokchilar soni hatto 100 taga ham yetmasligi, juda koʻp normativ hujjatlar mavjudligi, ularni soddalashtirib, ixchamlashtirilishi kerakligi aytilib, buning uchun amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar ketma-ketligi ham muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini ta'kidladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy resurslarga katta ehtiyoj mavjud. Ushbu ehtiyojlarni qanoatlantirishda kapital bozori va u orqali jalb qilinadigan investitsiyalar muhim o‘rin tutmoqda. Qolaversa, rivojlangan mamlakatlarda ham kapital bozori yangi loyihalarni moliyalashtirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yaxshilashdagi ahamiyatini oshirib bormoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Oʻrganilayotgan kurs ishi davomida umuman olganda, qimmatli qogʻozlarni O’zbekiston va jahon bozori sharoitida ikkilamchi ochiq (ommaviy) usulda joylashtirish, uning asosiy afzalliklari va kamchiliklari, ularni ochiq(ommaviy) joylashtirish bosqichlari, Oʻzbekistonning hozirgi ayni damdagi fond bozorining holati, mamlakatimizda olib borilayotgan oʻzgarishlar, islohotlar va yangi kiritilayotgan qonun hujjatlari haqida, qanday qilib Respublikamizdagi aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish amaliyotini samarali tashkil etish masalalari kabi savol va mavzularni yanada ochiqroq yoritib berishga harakat qilinadi.