2. Aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish amaliyoti tahlili
«Qoʼqon mexanika zavodi» АJ tomonidan 2018 yil 11 dekabrda boshlangan SPO amaliyotining tugash muddati sifatida 2018 yil 24 dekabr belgilangan. Ushbu vakt oraligʼida aksiyalarning narx diapazoni 1000 soʼmdan 4000 soʼmgacha boʼlgan.
2-jadval
“Qo’qon mexanika zavodi” AJ SPO amaliyoti tahlili3
№
|
Kelib tushgan arizalarning guruhlanishi (so’mda)
|
Ariza tushgan aksiyalar soni
|
Aksiyalarning taqsimlanishi
|
Jami taqsimlangan aksiyalarga nisbatan (% da)
|
1
|
1000
|
956337
|
371724
|
16.62
|
2
|
1001 – 1050
|
1228068
|
1228068
|
54.91
|
3
|
1051 – 1100
|
315777
|
315777
|
14.12
|
4
|
1101 – 1150
|
176120
|
176120
|
7.87
|
5
|
1151 – 1200
|
61750
|
61750
|
2.76
|
6
|
1201 – 1250
|
12398
|
12398
|
0.55
|
7
|
1251 – 1300
|
48147
|
48147
|
2.15
|
8
|
1301 – 1350
|
8944
|
8944
|
0.40
|
9
|
1351 – 1400
|
1118
|
1118
|
0.05
|
10
|
1401 – 1500
|
12348
|
12348
|
0.55
|
11
|
1501 – 2000
|
48
|
48
|
0.002
|
12
|
2001 – 4000
|
10
|
10
|
0.0004
|
Jami
|
2821065
|
2236452
|
100
|
2-jadvaldan ko‘rinadiki, 2019 yil 1 yanvar' xolatiga “Qo‘qon mexanika zavodi” AJni aksiyalarini sotib olish bo‘yicha jami 2821065 dona aksiyani sotib olish bo‘yicha 2843 ta ariza kelib tushgan. Bu rakamlar, o‘z navbatida, sotuvga qo‘yilgan aksiyalarga bo‘lgan talab 126 foizdan ortiq bo‘lganligini AJning SPO hamda qimmatli qog‘ozlarning yangicha usuldagi sotuvi muvaffaqiyatli o‘tganligini ko‘rsatmoqda. “Qo‘qon mexanika zavodi” amaliyotida ham «Freedom finance» investision kompaniyasi anderrayter sifatida faoliyat olib borganligi bilan bir qatorda lotoreya o‘yinlarini tashkil etilganligi ommaviy joylashtirish amaliyotini muvaffaqiyatini ta'minlab berdi.
Mamlakatimizda ilk bor oʼtkazilgan «QMZ» АJ aksiyalarini SPO asosida sotilishi muvaffaqiyatli yakunlandi. SPO davomida ushbu korxonaning «Oʼzbekneftgazmash» АJga tegishli boʼlgan 2,23 mln. dona aksiyasi savdoga qoʼyilib, aksiyalar 1000 soʼmdan 4000 soʼmgacha narx oraligʼida keng ommaga taklif etildi. Аktsiyalarni sotish jarayonida ishtirok etuvchilardan buyurtmalar 2018 yilning 24 dekabriga qadar qabul qilindi.
1-rasm. «QMZ» АJ aksiyalarining SPOdan oldim aksiyadorlarni tarkibi tuzilmasi
1-rasm ma'lumotlaridan ko‘rinadiki, «QMZ» AJ aksiyalarining SPOdan oldin 74,08% aksiyalari «O‘zneftgazmash» AKga, 25,92% ulushi esa jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan. O‘z navbatida «O‘zneftgazmash» AK «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga tegishli. «QMZ» AJ aksiyalarini SPO orqali sotishdan asosiy maqsad – davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi ulushini kamaytirish, shuningdek, aksiyadorlar tarkibida xususiy investorlar ulushini oshirish edi.
2-rasm. “Qo’qon mexanika zavodi” AJ aksiyalarining SPOdan keyin aksiyadorlari tarkibi tuzilmasi.4
Ko‘zlangan maqsadga erishildi, hamda «QMZ» AJ aksiyadorlari tarkibi aksiyalari SPOsi amalga oshirilgandan so‘ng o‘zgardi. Ya'ni, «QMZ» AJ aksiyalarini ikkilamchi SPO qilish natijasida «O‘zneftgazmash» AKga tegishli ulushning 10 foizi sotildi. Natijada «O‘zneftgazmash» AKning ulushi kamayib, 64,08% ni, jismoniy shaxslarning ulushi esa aksincha, ortib, 35,92% ni tashkil etdi.
«Toshkent» RFB rasmiy veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, «QMZ» AJning jami 2 821 065 dona aksiyalarini SPO usulida sotib olish uchun 2843 ta buyurtma kelib tushgan. Bu raqamlar, o‘z navbatida, sotuvga qo‘yilgan aksiyalarga bo‘lgan talab 126 foizdan ortiq bo‘lganligini hamda qimmatli qog‘ozlarning yangicha usuldagi sotuvi muvaffaqiyatli o‘tganligini ko‘rsatmoqda.
Investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida «Fond birjasida aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) taklifini amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom»da qanoatlantirilmagan buyurtmalar yoki ularning bir qismi bo‘yicha investorlarning pul mablag‘lari bitimlar ro‘yxatga olingan kundan e'tiboran 15 kun davomida investorlarga qaytarilishi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |