Reja: Kirish Aksiyalarni ommaviy joylashtirish mohiyati Aksiyalarni ikkilamchi ommaviy joylashtirish amaliyoti tahlili Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini samarali tashkil etish masalalari Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro’yxati


Aksiyalarni ommaviy joylashtirish mohiyati



Download 76,81 Kb.
bet2/11
Sana09.06.2022
Hajmi76,81 Kb.
#648222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

1. Aksiyalarni ommaviy joylashtirish mohiyati
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini qimmatli qog‘ozlar muomalasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati asosini qimmatli qog‘ozlar, birinchi navbatda aksiyalar tashkil qiladi. Qarz kapitali jalb qilish maqsadida korporativ obligatsiyalar muomalasi tashkil etiladi. Bunda aksiyalar va obligatsiyalarning bir necha xil turlari qo‘llanilishini ham qayd etib o‘tish lozim. Shuningdek aksiyalar va korporativ obligatsiyalar bo‘yicha hosilaviy qimmatli qog‘ozlar muomalasi ham amal qiladi.
Aktsiyalarni birjada joylashtirish korxonani moliyalashtirish va takomillashtirishning asosiy vositalaridan biridir. IPO paytida yangi moddiy mahsulotlarni jalb qilish kompaniyaga kengaytirish uchun zarur bo'lgan mablag'larni olishga imkon beradi. Tizim kapitalning eng foydali manbalarini topishga imkon beradi va jalb qilingan subsidiyalar narxini pasaytiradi. IPO ishbilarmonlik dunyosida yangi imkoniyatlarni ochish, kapital tuzilmasini optimallashtirish va fond bozoriga, shu jumladan xorijiy bozorga qo'shimcha kirishga yordam beradi.
IPO talablari kuchaytirilmoqda va ular ustidan, shu jumladan moliyaviy kompaniyalar ustidan nazorat kuchaymoqda. Tizimning minuslari bu tartibga soluvchi organlarning "nashr etilishidan" keyin e'tiborning kuchayishi. Har qanday kompaniya rioya qilishi kerak bo'lgan davlat va fond birjalari tomonidan kiritilgan juda ko'p sonli qoidalar mavjud.
Kompaniya har doim ham o'z aktsiyalarini sota olmaydi va ularning amortizatsiyasi va biznes kapitallashuvi tufayli IPO o'tkazgandan so'ng pul ishlay olmaydi. Emitentning almashuv tarixiga ega bo'lmaganligi sababli investor kelajakda kompaniyaning aktsiyalari qanday bo'lishini oldindan aytib berolmaydi, shuning uchun IPOda ishtirok etish deyarli barcha holatlarda xavfli hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksiyadorlik kompaniyalari o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlash uchun qimmatli qog‘ozlardan keng foydalanadilar. Shundan kelib chiqqan holda quyida mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning nazariy va tashkiliy jihatlari xususida to‘xtalib o‘tamiz.


Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6- maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, 2015-yil 3-iyundagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali bevosita oddiy va imtiyozli aksiyalar hisobiga shakllantiriladi. Aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarni ommaviy tarzda ochiq obuna o‘tkazish orqali yoki ustavda belgilab qo‘yish orqali yopiq obuna o‘tkazish orqali joylashtirishlari mumkin. Ayni paytda amaldagi qonunchilikda aksiyadorlik jamiyatlarining ochiq va yopiq turlari mavjud bo‘lmasada aksiyalarni ochiq yoki yopiq joylashtirish iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ochiq hamda yopiq aksiyadorlik jamiyatlari shakllanishiga olib kelmoqda. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak.
Har bir aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli hisoblanadi. Bunda joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati ustav kapitalining 20 foizidan oshmasligi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2- sentabrdagi PF-5177-sonli «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingunga qadar aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali bo‘yicha minimal talablar AQSh dollarida yoki evroda belgilangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29- sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni1ga asosan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali bo‘yicha minimal talablar so‘mda belgilandi. Unga ko‘ra, yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun ustav jamg‘armasining eng kam miqdori jamiyat davlat tomonidan ro‘yxatga olingan sanada kamida 1,6 milliard so‘mni tashkil etishi lozimligi belgilab qo‘yildi. 2008-yilda bu talab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 400 ming AQSh dollari so‘m ekvivalentida edi. 2018-yil 1-avgustdan esa bu talab 400 million so‘mga pasaytirildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda aksiyalarning nominal qiymati 5000 so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 2014-yilgacha aksiyalarning nominal qiymati 100 so‘mdan past bo‘lmasligi shartligi amalda edi, yuqori talab esa mavjud emas edi. Quyidagi jadvalda aksiyadorlik jamiyatlari misolida aksiyalar soni, nominal qiymati va ustav kapitali haqida malumotlar keltirilgan.
Kompaniyani yopiqdan ochiq holatga o'tkazish jarayoni IPOning quyidagi asosiy maqsadlarini shakllantiradi:

  • Moliyalashtirishning ko'payishi. Faoliyatning ochiqligi va sarmoyadorlar uchun uning shaffofligi tashqi moliyalashtirishni egalarining imkoniyatlaridan ancha yuqori miqdorda olish imkonini beradi.

  • Bepul aktsiyadorlik narxlari. Mumkin bo'lgan qo'shilish yoki sotib olish uchun kompaniyaning joriy kapitalizatsiyasini aniqroq baholashga imkon beradi.

  • Erkin sotish imkoniyati qimmatli qog'ozlar qiymatini oshiradi;

  • Likvidlikning sezilarli o'sishi. Xususiy, davlat va bank kreditlari berish imkoniyatlari kengaymoqda, mijozlarga sodiqlik va boshqa moliyaviy bo'lmagan imtiyozlar oshmoqda;



Download 76,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish