Mikrodarajada ta’sir etuvchi omillar.
Korxonalar ko‘lami va moliyaviy holati.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash.
Korxonalarning ilmiy-texnik siyosati.
Korxonalarning investitsiya siyosati.
Investitsiya faoliyati rivojida nafaqat, tashqi omillar (birinchi guruh omillari, mikrodarajada), balki ichki omillar (ikkinchi guruh omillari, mirodarajada) ham keng ta’sir doirasiga ega. Korxonalar ko‘lami bevosita tarzda investitsiya faoliyati ko‘lamiga ta’sir ko‘rsatadi. Yirik korxonalar (boshqa sharoitlar teng bo‘lgan holatda) kichik korxonalarga qaraganda ko‘p miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lishadi. Korxonalarning investitsiya faoliyati bevosita iqtisodiy, shu jumladan, investitsiya siyosatiag bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar korxona texnik qayta qurollantirish va ta’mirlashni rejalashtirsa, albatta, uni amalga oshirish uchun aniq manbalarni ko‘zda tutishi lozim. Xo‘jalikning tashkiliy-hududiy shakli ham korxonalar investitsiya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, kredit tashkilotlari bunday korxonalarga ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. Bunday korxonalarda o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob berishi ham turlicha bo‘ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga tijorat bankalari, shu jumladan, xorijiy kredit tashkilotlari ishonchsizlik bilan qaraydi. Chunki bunday korxona ta’sischilari o‘z majburiyatlari bo‘yicha cheklangan javobgarlikka (o‘z qo‘yilmalari chegarasida) ega bo‘ladi. Bu ushbu korxonalarning ko‘lami va imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, bunday korxonalarda investitsiya faoliyati bilan bog‘liq javobgarlik darajasi va risk turlicha bo‘ladi. Masalan, davlat unitar korxonalarning samarasiz investitsiya qo‘yilmalari natijasida bankrot bo‘lishi riski unchalik katta emas, chunki ushbu korxonaning mulkdori davlat hisoblanadi va korxonaning bankrot holatiga uchrash ehtimoli juda kam.
Investitsiya faoliyatiga juda ko‘p omillar ta’sir etishi bilan birga, ushbu omillar iqtisodiy adabiyotlarda tegishli tartibda tizimlashtirilmagan.
V.V. Kovelev, V.V. Ivanov, “Investitsiyalar” darsligida investitsiyalarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi faqatgina to‘rtta omil ko‘rsatilgan: 1) iste’mol va jamg‘arma nisbati; 2) investitsiyalarni ta’minlash; 3) moliya bozorining tashkil etilish darajasi; 4) investitsiya bo‘yicha daromad darajasi. Ta’kidlash joizki, bular investitsiylarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillaridir.
Investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha omillarni tizimlashtirish maqsadida ularni to‘rtta guruhga ajratish mumkin:
Makrodarajada investitsion faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan omillar.
1.Hududiy jihatdan investitsion faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan omillar.
2.Tarmoq darajasida investitsion faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan omillar.
3.Mikrodarajada investitsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar.
Ushbu omillar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, biroq makrodarjadagi omillar yuqori ta’sir xususiyatiga ega hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |