O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil etish istiqbollari Topshirdi: 927-21 guruh talabasi Norbekova. M qabul qildi: Saitov. S jizzax 2022



Download 135,46 Kb.
bet6/9
Sana28.06.2022
Hajmi135,46 Kb.
#713031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Manzura 927-21 O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini samamrali tashkil

Iqtisodiy omillarga quyidagilarni keltirish mumkin: milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasi (YaIM o‘sish surati, milliy mahsulot (MM), milliy daromad (MD)); mamlakatning iqtisodiy siyosati; inflyatsiya darajasi; kredit bo‘yicha foiz stavkasi; investitsiya risklari; milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyalashuv darajasi; fond bozorining rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
“Mamlakatning iqtisodiy siyosati” omili keng tarmoqli bo‘lib, investitsiya soliq, amortizatsiya, moliya-kredit, innovatsiya va boshqa siyosatlardan tashkil topgan, biroq, ularning har biri investitsiya faoliyatiga o‘zi alohida ta’sir ko‘rsatadi.
Huquqiy omillar turli xil bo‘lib, ular investitsiya faoliyati sohasidagi qonunchilik bazasining sifati va barqarorligini, mulk huquqlarining himoya qilinishini, investorlar manfaatlarini himoya qilishni, monopollashtirish, huquqiy tartib va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy omillar quyidagilardir: mamlakatdagi ijtimoiy vaziyat; aholi turmush darajasi; mamlakatdagi demografik holat; aholining savodxonlik darajasi; o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi; ishsizlik darajasi va boshqalar.
Siyosiy omillar quyidagilardir: mamlakatdagi siyosiy vaziyat; dunyodagi va O‘zbekiston bilan chegaradosh mamlakatlardagi siyosiy vaziyat; xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlar va boshqalar.
Ma’muriy omillar (to‘siqlar) - investitsion loyihalar va biznesni amalga oshirishda turli darajadagi mansabdor shaxslarning har qanday to‘siqlari.
Hududiy va mikrodarajada investitsiya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.

3.Xorijiy investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb qilinishi.


XX asrning ikkinchi yarmida dunyoning siyosiy xaritasi mamlakalani uch guruhga bo‘lish orqali ifodalangan: rivojlangan, rivojlanayotgan, va qoloq mamlakatlar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, kuchli raqobat va mahsulot tannarxidagi ishchi kuchi va xomashyo xarajatlarining yuqoriligi, tadbirkorlarni ushbu mamlakatlarda o‘z kapitalini samaraliroq bo‘lgan obyektlarini topib joylashtirishga va maksimal foyda olishga undaydi. Boshqa tomondan globallashuv jarayoni xalqaro mehnat taqsimoti va jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun ehtiyoj, rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki resurslari va manbalarining yo‘qligi, mulkchilik sinflarining shakllanmaganligi, ishlab chiqarishdagi turg‘unlik, iqtisodiy inqiroz, davlat byudjeti defitsiti ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar xorijiy investitsiyalarni jalb etadi. Shunday qilib, dunyoda o‘zaro manfaatli hamkorlik – xalqaro kapital boshqa aktivlar migratsiyasi shakllangan.
1990 – yillarning birinchi yarmida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilayotgan edi, ammo mulkdorlar sinfining shakllanmaganligi va davlat byudjeti hamda inflyatsiya darajasining oshib borayotgan bir paytda, davlat uchun bir vaqtning o‘zida ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham huquqiy vazifalarini bajarish qiyin edi. O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini davom ettirishning yagona yo‘li xorijiy investitsiyalarni jalb etish edi.
Mahalliy tabiiy xomashyo va inson resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan chet el investitsiyalari, davlatning tez iqtisodiy o‘sishi uchun makro va mikrodarajadagi investitsion funksiyalarni bajaruvchi katalizator vazifasini bajaradi. Xorijiy investorlar mamlakatga xorijiy investitsiyalar kiritish bilan birga, rivojlangan bozor elementlari ya’ni yuqori sifatli menejment, boshqaruv tajribasi, marketing, innovatsion resurslar, axborot texnologiyalari, hamkorlikning xalqaro standartlari bilan tanishish, o‘rnatilgan aloqalar va savdo yo‘nalishlari orqali jahon bozoriga chiqish imkonini ham beradi.
“Chet el investitsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3 – moddasida: “Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
Chet ellik investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida hududida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnikaviy yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar reinvestitsiylar deb e’tirof etiladi”11, deyilgan.
Chet el investorlari sifatida O‘zbekistonda yuqoridagi qonunga ko‘ra quyidagilar belgilangan:
-chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;
-davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
-chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar:
Demak, chet el investorlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatga qo‘yiladigan turli ko‘rinishdagi boyliklar, shu jumladan investitsiya faoliyatidan olgan har qanday boyliklari va ularga doir huquqlar chet el investitsiyalari hisoblanadi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ochiq investitsiya siyosati yurituvchi mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy muammolarini bir qismini xorijiy investitsiyalar hisobiga hal qiladilar va xorijiy investitsiyalar sabab iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishadilar (Xitoy, Janubiy Koreya, Janubi – Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqalar), bu esa jahon kapital bozorida mamlakatlar o‘rtasida xorijiy investitsiyalarni o‘z hududiga jalb qilish bo‘yicha raqobatni yuzaga keltiradi. Davlatlar xorijiy investorlari uchun qulay investitsion muhit va imtiyozli sharoit yaratib, sanoat o‘sishi, YaIM va eksport o‘sishi, sanoatni texnik qayta qurollantirish, aholi bandligini ta’minlash, jahon bozoriga chiqish kabi muammolarini hal etmoqdalar.
Har qanday murakkab iqtisodiy hodisa kabi, xorijiy investitsiyalar ham investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ham ijobiy ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ijobiy ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-real investitsiyalarni ko‘payishi, iqtisodiy rivojlanish darajasining jadallashuvi va mamlakatning to‘lov balansi holatining yaxshilanishi;
-ilg‘or xorij texnologiyalarning, tashkilotchilik va boshqaruv tajribasining kirib kelishi, ITTKI natijalarning yangi texnika, patentlar, litsenziyalar, nou – xau va boshqalar kabi tatbiq etilishi;
-foydali loyihalar uchun mahalliy jamg‘armalardan foydalanilishi;
-mahalliy kapitalni jalb qilish va ishlab chiqarishdagi resurslardan foydalanish hisobiga mahalliy moliya bozorini mustahkamlash;
-mahalliy tabiiy resurslardan to‘liq foydalanish;
-mahalliy ishchi kuchining bandligini ta’minlanishi, malaka va ish unumdorligining oshishi;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengayishi;
-eksport hajmi xorijiy valyuta tushumining ortishi;
-aholi turmush darajasi va iste’mol qobiliyatining oshishi;
-infratuzilma va xizmatlar ko‘rsatish sohasining rivojlanishi;
-yangi xorijiy investorlarni jalb qilinishida mamlaktga bo‘lgan ishonchning ortishi;
-milliy iqtisodiyotda raqobatni kuchayishi va monopoliyaning kamyishi;
-nafaqat ishlab chiqarishda, balki iste’molda ham xalqaro standartlar asosidagi sog‘lom ijtimoiy-madaniy muhitning yuzaga kelishi.
Xorijiy investitsiyalarning salbiy ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-retsipiyent mamlakatning to‘lov balansi muvozanatini yomonlashuviga sabab bo‘luvchi kapital va foydaning turli ko‘rinishlarda chiqib ketishi;
-qo‘shimcha valyuta xarajatlarini talab qiladigan uskunalar;
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bosim o‘tkazilishi va raqobatni cheklanishi;
-iqtisodiy va siyosiy xavfsizlikka tahdid soladigan milliy iqtisodiy qaramlikning ortishi;
-xorijiy investorlar tomonidan mahalliy shart – sharoitlar va xususiyatlarning hisobga olinmasligi;
-milliy iqtisodiyot tuzilmasining qayta shakllanib qollish ehtimolining mavjudligi;
-milliy iqtisodiyotning an’anaviy tarmoqlarining kamyib ketishi.

XX asr boshida o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bozor infratuzilmalarni shakllantirshga qaratilgan iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Ushbu mamlaktlarda qauyidagi sabablarga ko‘ra xorijiy investitsiyalarni jalb etish zaruriyati tug‘uldi;


-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va mamlakat yalpi mahsulotida (YaIM) sanoat mahsulotlarining ulushi qisqarishi;
-sanoat tarmog‘ida asosiy fondlar yuqori darajada jismoniy va ma’naviy eskirib borishi. Masalan, 2010 – yilda sanoat tarmoqlardagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining 43,9%i eskirgan bo‘lsa, 2017 – yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 48%ga teng bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, asosiy fondlarni yangilash koeffitsiyenti 2017 – yilda bor yo‘g‘i 10,5% ni tashkil etdi.



Download 135,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish