Kapital, fondlar va moliyaviy natijalar hisobi



Download 317,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana03.06.2022
Hajmi317,42 Kb.
#632019
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 бух сиртки (1)



3-аmaliy mashg‘ulot (2 soat) 
MAVZU: “
KAPITAL, FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
” 
 
Maqsad: 
Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish, 
Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobini talabalarga o’rgatish.
 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 
y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y. 
30 avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g.
4.
 
1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’z moliyaviy resurslarini mustaqil 
shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarinining asosiy manbalari 
bo’lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan 
mablag’lar, aksionerlar yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari, 
shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa tushumlar 
hisoblanadi.
Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib, uning 
mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav 
kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis 
hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi 
korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun 
davlat tomonidan ajratilgan mablag’larni aks ettiradi.
Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta’sis etiladigan, ma’lum miqdorda 
teng qismlarga bo’lingan (aksiyalar) asosiy (ustav) kapitaliga ega bo’lgan, va 
majburiyatlari bo’yicha faqat o’zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar 
tushuniladi. Bu ta’sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy birlashmadir. 
Asosiy sharti – faoliyatiga o’z kapitalini qo’yish, ya’ni aksioner jamiyati – bu 
kapitalning birlashishi demakdir. Aksioner jamiyatining faoliyati ustav bilan 
belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo’yicha aksionerlar mulklari 
bilan to’la mas’uliyatli emas, ularning mas’uliyatlari faqat ustav kapitaliga qo’yilma 
bilan cheklanadi. Aksioner jamiyatining ustav kapitalini hajmi uning ustavida 
ko’rsatiladi va uning o’zgarishi ustavini o’zgarishi uchun belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorini o’zgartirish to’g’risidagi qaror, agar 
korxonaning ustav kapitalini yangi miqdori ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, umumiy 
majlis qabul qilgan kundan boshlab kuchga kiradi. Jamiyat ta’sis etilgan paytdagi 
ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega bo’lgan oldindan belgilangan 
miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat bo’lishi kerak. Aksioner jamiyatlari 
faqat nomi ko’rsatilgan aksiyalar chiqaradi va ular albatta tegishli reestrlarda 
ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Aksiyalarni to’lash mulklar, inshootlar, nomoddiy 
aktivlar va boshqa moddiy qimmatliklarni, so’mdagi va xorijiy valutadagi pul 
mablag’larini o’tkazish yo’li bilan bo’lishi mumkin.


Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi 
schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib quyidagi: 8310 «Oddiy 
aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga 
bo’linadi. Yuqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va 
tashkilotlarining ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav 
kapitalini hisobga olish uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro’yxatdan o’tkazilgan 
miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to’langan aksiyalarni nominal qiymati 
aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ustavda ro’yxatdan o’tkazilgan summadan 
ortiq bo’lishi mumkin emas. Тa’sischilarga qaytarilgan ulushi ustav kapitalni 
kamaytirmaydi, balki aksioner jamiyati tomonidan o’z aksiyalarini sotib olingandek 
rasmiylashtirilib 8610 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy» va 8620 «Sotib 
olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotlarning debetida aks ettiriladi. Bu 
schyotlarning debet aylanmasi ustav kapitalini kamayishini, kredit oboroti esa 
qonunchilikka binoan turli sabablarga ko’ra ustav kapitalini ko’payishini ko’rsatadi. 
8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan muomalalarning hisobi 12 – 
jurnal – orderda yuritiladi.
Aksioner jamiyat ro’yxatdan o’tgandan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali 
summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi. Тa’sischilar bilan 
olib boriladigan hisob – kitoblarning hisobi 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning 
ulushlari bo’yicha qarzi» schyotida olib boriladi. Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav 
kapitali summasiga 4610 schyoti debetlanib, 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 
«Imtiyozli aksiyalar» va 8330 «Pay va ulushlar» schyotlari kreditlanadi. 4610- 
schyoti aktiv bo’lib, debet saldosi oy boshiga qolgan ta’sischilarning qarzlarini 
ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini 
aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni kamayishini, ya’ni ta’sischilar tomonidan 
o’tkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy qimmatliklar va mulklar qiymatini 
ko’rsatadi. Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda ro’yxatga olinadi. Qo’yilmalar 
bo’yicha aksionerlar bilan olib boriladigan hisob – kitobning analitik hisobi 
aksionerlarning har biri bo’yicha kartochkalarda yoki qaydnomalarda ustav 
kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish muddati, qarzni 
qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko’rsatilgan holda yuritiladi. Sotib 
olingan aksiyalar summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, so’mda 
va xorijiy valuta pul mablag’lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan to’lashlari 
mumkin. Analitik hisob yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar 
va nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa 
orderlari va boshqalar hisoblanadi. Aksioner jamiyatlarining xo’jalik faoliyati 
amaldagi qonunchilik asosida olib borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va 
moliya – xo’jalik faoliyatining hisobi Nizomga asosan yuritiladi.
32
Chunonchi, 
jamiyat tomonidan olingan balans foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot 
tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar 
qo’shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan baza aniqlanib, undan foyda (daromad) dan 
ajratma solig’i summasi hisoblanadi. Foydaning qolgan summasi sof foyda 
hisoblanib, u aksionerlar majlisining qaroriga binoan taqsimlanadi. Mehnat 
jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda, odatda, ikki maqsadga foydalaniladi: 
dividend to’lashga va ishlab chiqarishni kengaytirish ham ijtimoiy ehtiyojlar uchun. 
Dividend har chorakda yoki bir yilda bir marta to’lanishi mumkin. Oraliq dividend 


direktorlar kengashi tomonidan e’lon qilinib qat’iy belgilangan miqdorda bo’ladi. 
Yillik dividendlar miqdori aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan yillik ish 
natijasi bo’yicha belgilanadi. Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan dividendlar 
qo’shilmaydi. Dividendlar hisoblash va to’lash amaldagi Nizomga asosan 
rasmiylashtiriladi.
Imtiyozli aksiyalar bo’yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga 
chiqargan paytda ko’rsatiladi. Bunday aksiyalar bo’yicha dividendlar olingan foyda 
miqdoridan qat’iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to’lanadi. Basharti 
imtiyozli aksiyalar bo’yicha hisoblangan dividendlarni to’lash uchun olingan foyda 
yetarli bo’lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa manbalardan 
foydalaniladi. 
Muomalaga 
chiqarilmagan 
aksiyalar 
bo’yicha 
dividend 
hisoblanmaydi. Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo’lsa, dividendlar 
aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar bilan to’lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga 
olmagan holda dividend e’lon qiladi. Dividend faqat qo’shilgan ulushga yoki sotib 
olingan aksiyalar uchun to’langan summaga mutanosib ravishda beriladi. Dividend 
tarzida olingan daromaddan soliq dividendlarni to’lash manbaida, ya’ni aksioner 
jamiyatida ushlab qolinadi.
Aksionerlar bilan daromadlar bo’yicha olib boriladigan hisob 6610
«Тo’lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib, uning 
kredit qoldig’i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini ko’rsatadi, debet oboroti 
ushlangan soliq va to’langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner 
jamiyatida ishlayotgan xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi 
bo’yicha xodimlar bilan xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi.
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan ham 
ushlangan soliqlar to’g’risidagi buxgalteriyaning ma’lumoti bo’yicha hisoblanadi. 
Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz to’lanishi kassa chiqim orderi va to’lov 
topshirig’i bilan rasmiylashtiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga to’lanadigan dividend va foizlar O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to’lash 
manbaida soliqqa tortiladi.
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta’sischilar bilan olib boriladigan 
hisob – kitoblar hisobi 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha 
qarz» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib kreditida chiqib ketayotgan 
ta’sischilarga to’lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga to’langan summa 
ko’rsatiladi. Chiqib ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib 
olingan xususiy aksiyalar – oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – 
imtiyozli» schyotlari debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari 
bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
Sotib olingan aksiyalar bo’yicha puli to’langanda 6620-schyot debetlanib 
5010, 5110-schyotlari kreditlanadi. 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» va 6620 
«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» schyotlari bo’yicha 
analitik hisob har bir aksioner bo’yicha 7-qaydnomada yuritiladi. Sintetik hisob esa 
8-jurnal – orderda aks ettiriladi.


1-jadval 
«Тa’sischilarga bo’lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar» bo’yicha schyotlar 
korrespondensiyasi

Хo’jalik muomalalarining 
mazmuni
Schyotlar 
korrespondensiyasi
Yozuvni 
tasdiqlovchi hujjatlar 
Debet
Kredit
1
Aksionerlarga dividendlar 
hisoblandi
8710
6610
Majlis 
bayonnomasidan 
ko’chirma, 
dividendlar hisobi
2
Hisoblangan 
dividendlarni to’lash
6610
5010, 5110
Kassa
hisoboti 
bankning 
ko’chirmasi
3
Chiqib 
ketayotgan 
ta’sischilarga 
ularning 
ulushlari bo’yicha qarzlar 
hisoblandi
8610,
8620
6620
Majlisning 
bayonnomasidan 
ko’chirma, 
rahbarning 
bo’yruYoi
4
Chiqib 
ketayotgan 
ta’sischilarga 
ularning 
ulushlari bo’yicha
qarzlarni to’lanishi
6620
5010, 5110
Kassa 
hisoboti, 
bankning 
ko’chirmasi
5
Aksionerlardan daromad 
solig’i ushlandi
6610,
6620
6410
Buxgalteriya 
hisobkitodi

Download 317,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish